Vazirlar Mahkamasi mahalla qo‘mitasidan beriladigan ma’lumotnomalar turlarini tubdan qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Endilikda energetika audit o‘tkazib, uning yakuni bo‘yicha chora ko‘rmayotgan korxonalarni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish yoki jarima solish bo‘yicha taklif berildi.
Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Chelak transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida janjal sababli tanishi A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazishi sababli jabrlanuvchi kasalxonada vafot etdi.
O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga Ahmadjon Rahimov rais etib tayinlandi.
Abdurahmon Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktorligiga tayinlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui vaoziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga egabo‘ldi.
Onlayn o‘yinlar va totalizatorga mukkasidan ketgan erkak bosqinchilik qilib, ayol kishining qotiliga aylandi. Sud uni 18 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
«Nuroniy» jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev Toshkentda 1300 ta transformator sotib yuborilganiga hech kim e’tibor qaratmaganini tanqid ostiga oldi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga muvofiq, banklar endilikda mikroqarz berish bank operatsiyasini amalga oshiradigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan sel-toshqin oqibatlarini bartaraf etish hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori imzolandi.
AES qurilishi uchun 8−10 yil kerak, shuning uchun energetika sohasidagi muammolarni tezroq bartaraf etish lozim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Buyuk Britaniya Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan daromadlarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida ekanini ma’lum qildi.
Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Shayxontohur tumanida yashovchi B.P. Olmazor tumanida yashovchi N.R.dan aldov yo‘li bilan 200 ming AQSH dollarini olgan.
3 oktyabr kuni tunda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi.
«Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 4 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Toshkent hokimiga ikki nafar birinchi o‘rinbosar hamda bir o‘rinbosar tayinlandi.
Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimidan ozod qilindi.
Kasb-hunar kollejlariga ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish bo‘yicha xujjatlar qabul qilish boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting