Surxondaryoda 20 yoshli yigit va 17 yoshli qiz qo‘l ushlashib poyezd yo‘liga o‘tirib olgani sababli elektrovoz urib ketishi natijasida vafot etdi.
Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Bobur ko‘chasining Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi ko‘prigida transportlar harakati qisman cheklanadi.
Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazirlik huzurida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi.
Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining «tezkor aloqa» tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi.
Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Milliy aviakompaniya Jiddaga doimiy, Mumbayga esa kuz-qishki navigatsiya davrida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Namangan viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muhammadayubxo‘ja Apaqov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulagani munosabati bilan Italiya prezidentiga ta’ziya izhor etdi.
Xalqaro press-klubda «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifatida va maqsadli sarmoyalar» mavzusidagi anjuman o‘tkazildi.
Uchtepa tumanida qarzni qaytarmaganlar ustidan o‘zboshimchalik bilan hukm chiqargan shaxslarga jinoiy ish ochildi.
Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tor va keng doiradagi muzokaralar, ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va Samarqandga safar ko‘zda tutilgan.
«Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Prostokvashinodagi ta’til» va boshqa mashhur asarlar muallifi Eduard Uspenskiy 80 yoshda vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
AKT vazirligi VPNdan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Rossiyaning Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi, Fan va ta’lim vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaci bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Qozog‘istondagi avariyada qurbon bo‘lgan va jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan 30−50 foizlik chegirmalar e’lon qildi.
«Aurum 898» tungi klubining ikki qo‘riqchisi militsiya xodimlari talabini bajarmagani va ularga qarshilik ko‘rsatgani uchun 15 sutkaga qamaldi.
2018/2019 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari yakunlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting