O‘zbekiston taekvondochilari Vetnamdagi Osiyo chempionatida 34 mamlakat ichida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
XMT bosh direktori Gay Rayder dekabrda Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro mehnat konferensiyasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonga yo‘l texnikalarini yetkazib berish uchun 7,3 mln dollarlik beg‘araz yordam ajratdi.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov kuzga rejalashtirilgan O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi kun tartibini muhokama qildi
Suv tanqisligi sababli sholi maydonlari qisqartiriladi. Paxtachilik sohasida «zarbdor oylik» e’lon qilindi.
O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki to‘rt oyida import hajmi 30 foizga oshdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev importni optimallashtirish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi.
Toshkentda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari uchun bodikameralarni sinovdan o‘tkazmoqda.
Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik maoshi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Aziz Eshbekov Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» 3 iyundan 8 sentyabrgacha Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ekonom klass tariflarini pasaytirmoqda.
Qizlar va ayollar endilikda xorijga chiqishga ruxsatnoma olish uchun Toshkent migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida suhbatdan o‘tishga majbur emas.
MB ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari — 0,9 foizga, xizmatlar — 1 foizga pasaydi.
Dilshod Ahatov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yangi tashkil etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Sherzod Qudratxo‘jayev rektor etib tayinlandi.
London fond birjasiga Xalqaro moliya korporatsiyasining o‘zbek so‘midagi obligatsiyalari joylashtirildi.
Poytaxtda Jahon velosiped kuni munosabati bilan diplomatik korpus vakillari ishtirokida velotur o‘tkaziladi.
Davlat turizm qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sodir bo‘lgan ikki YTHda besh kishi halok bo‘ldi.
Toshkentdagi Botanika bog‘ida piyozdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni ilmiy o‘rganish uchun O‘zbek-xitoy piyoz bog‘i tashkil etildi.
Gimnastikachi Oksana Chusovitina Xorvatiyada o‘tgan FIG World Challenge Cup musobaqasida tayanib sakrashda birinchi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting