O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari Abdusalom Azizov va Sergey Shoygu Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar aprelda 2 foizga qimmatlashdi.
Bosh prokuratura Akademiyasiga Yevgeniy Kolenko rahbar bo‘ldi. Rustam Gafurov uning o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yanvar-aprelda prokuratura organlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan chorak barobar kamroq jinoiy ishlarni tergov qildi. Bosh prokuratura buni jinoyatchilik darajasi pasaygani bilan bog‘lamoqda.
Amnesty International delegatsiyasi 22−25 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, qator rasmiy shaxslar bilan uchrashadi. Bunday tashrif so‘nggi marta 2004 yilda amalga oshirilgan edi.
«Gazeta.uz» o‘quvchilarni daraxtlarni himoya qilish tizimidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan petitsiyaga imzo qo‘yishga chaqiradi. Petitsiyaning Oliy Majlisga yetkazilishi uchun 10 ming ovoz zarur.
O‘zbekistonda 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullar va eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik eski tangalar muomaladan chiqarilib, yangilari joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda RF prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, Rossiya kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar va hududlararo birinchi forum kabi masalalarni muhokama qildi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida qorabayir otlarini ko‘paytirish va parvarishlashga ixtisoslashgan majmua ochildi.
Toshkentdagi «Jasorat» monumenti atrofidagi hududni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.
Poytaxtda Matbuotchilar ko‘chasi hamda Amir Temur xiyoboni va Zarafshon ko‘chasi oralig‘i ochiladi.
Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarovga ko‘ra, Mo‘ynoqda ichimlik suvi ta’minoti yomonlashdi, degan xabar asossiz.
Ostonada avtobus yong‘inida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi.
Bekoboddagi maktabda bolalar peshonasiga ikki marta «ikki» chizilgan — ikkinchi marta buni hamkasbiga bo‘lgan eski adovat sababli qilgan. Maktabda talon-taroj holatlari ham aniqlangan.
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida kuchli yog‘ingarchiliklar sababli 543 ta hovli qisman suv ostida qoldi, jabrlanganlar yo‘q.
Prezident 1 yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Kubaga yo‘lovchi samolyotining halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.
Yil boshidan buyon bozorlardagi iste’molga yaroqsiz 17,2 tonna go‘sht va 25,2 tonna sut mahsulotlari olib qo‘yildi.
Juma kuni AQSHdan qaytgan prezident Shavkat Mirziyoyev shanba kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Yetti kunlik qizini 4000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ota-onalik huquqidan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting