Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov meksikalik Xesus Silveyrani mag‘lubiyatga uchratib, professional ringdagi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Toshkent hokimiyati huzurida shaharning drenaj tizimini o‘rganib, ko‘chalarda suv to‘planishining oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiquvchi ishchi guruh tashkil etiladi.
14 may kuni tongda poytaxtning Chilonzor tumanida avtobus yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Poytaxtdagi «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘idagi attraksionda 11 yoshli bola hushdan ketib, vafot etdi.
Toshkentdagi uchta davlat xizmatlari markazida eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi hujjatlarga almashtirish mumkin.
O‘zbekiston chegarachilari aprel oyida 52 nafar davlat chegaralari buzuvchisini va noqonuniy olib o‘tilayotgan 1,3 mlrd so‘mlik tovarlarni qo‘lga oldi.
O‘zbekistonga Germaniyadan ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng katta ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrif buyuradi.
Jizzax viloyatidan aholi punktlarining yarmidan ko‘pi markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olinmagan. Muammoni Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga hal etish rejalashtirilmoqda.
Andijonlik bolaning bo‘g‘ma kasalligi bilan chalingani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Toshkent hokimiyati huzurida jamoatchilik kengashi shakllantirilmoqda. Unga tadbirkor Hikmat Abdurahmonov rahbarlik qiladi.
Toshkentning Olmazor, Sergeli va Uchtepa tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Isuzu avtobusi Toshkentdagi Ohangaron ko‘chasida ariqqa qulab tushdi. Hodisa sababchisi hisoblangan Nexia haydovchisi qidirilmoqda.
Kattaqo‘rg‘onlik marhum o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning oilasi va farzandiga to‘lanadigan to‘lov miqdorlari ma’lum qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Ramazon oyini munosib tarzda nishonlash to‘g‘risidagi qaroriga imzo chekdi.
Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Olmaliqda Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» (Rossiya) filiali ochiladi.
Davron Ismoilov AKTni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Poytaxtdagi I. Karimov ko‘chasida «Radar» belgisi paydo bo‘ldi, tezlik fotoradar tomonidan qayd etiladi.
Polkovnik Umarxonov Azizxon Sharipxonovich Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshkentda sinov tariqasida ayol xodimlar YPX inspektorlari sifatida ish boshladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting