Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan va uning hukumati o‘n kunlik namoyishlar manzarasida iste’foga chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Xorazm viloyatiga keldi, bu yerda qator madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari xorijga ishlashga jo‘natishga yordamlashish taklifi bilan fuqarodan yirik miqdordagi pulni olayotganda ushlandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Toshkentda «Ashxobod» sayilgohini ochib berdi. Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zini turkman poytaxtida yurgandan his qilganini ta’kidladi.
Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonga Kaspiy qirg‘og‘idagi port infratuzilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishni taklif qildi.
Bir hafta muqaddam yo‘qolgan bola jasadi uyi yaqinidagi daryodan topildi.
O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston transmilliy gaz quvuri loyihasiga qo‘shiladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston suv masalalari bo‘yicha komissiya tashkil etib, transchegaraviy jinoyatchilik, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashda hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjatni imzoladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumridagi terrorchilik harakatlari munosabati bilan Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi.
Minglab yoshlar Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni qarshi olish uchun Toshkent ko‘chalariga chiqdi — «Gazeta.uz» reportaji.
Fuqarolik sudlari birinchi chorakda 56653 ta ishni ko‘rib chiqdi, ularning asosiy qismini bitim va shartnomalaridan kelib chiqadigan, mehnat huquqlarini tiklash bilan bog‘liq nizolar tashkil etdi.
FVV 2010—2016 yillarda rahbarlik qilgan Tursinxon Xudoyberganov prezident davlat maslahatchisi lavozimini saqlagan holda vazirlik lavozimiga tayinlandi.
Qozog‘istonda mikroavtobus ishtirokidagi avariyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yetti nafari jarohatlandi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi muvaffaqiyatli chiqishlarini davom ettirmoqda.
Tibbiyot muassasalarida xodimlar mehnat huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha komissiyalar tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanining sobiq hokimi Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting