O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa mahkamalari harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Samarqand aeroportiga Turkish Airlines aviakompaniyasining birinchi tijoriy reysi Istanbuldan kelib qo‘ndi. Parvozlar haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi.
«Real Madrid» — «Yuventus», «Barselona» — «Roma» va UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining boshqa juftliklari aniqlandi.
Futbol bo‘yicha Milliy terma jamoani o‘rtoqlik uchrashuviga to‘rt nafar mutaxassisdan iborat murabbiylar kengashi olib boradi.
Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova Jinoyat kodeksining sakkiz moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Toshkentda ikki tup chinor daraxtini kesib, o‘simliklar dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazganlik ayblanayotgan fuqarolar ustidan sud bo‘lib o‘tdi.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq rahbari polkovnik Abdukarim Shodiyevning qo‘lga olingani haqidagi axborotlarni rad etdi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va AQSH Maxfiy xizmati transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.
Ostonada Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni ikki davlatning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashdagi hissasi uchun I darajali «Do‘stiq» ordeni bilan mukofotladi.
Ekspertiza Bobomurod Abdullayev qiynoqqa solingani haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi. U o‘z aybini rad etmoqda. Hayotxon Nasriddinov aybini tan olmadi.
Senat to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari 2020 yilgacha savdo aylanmasi hajmini 5 mlrd dollargacha yetkazish va apreldan «Samarqand-Ostona» temir yo‘l qatnovini ishga tushirishga kelishdi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini har yili Navro‘z arafasida o‘tkazishni taklif qildi. Kelgusi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
1 apreldan «O‘zbekenergo» elektr energiyasi tariflarini qariyb 12 foizga oshiradi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshirayotgani butun mintaqaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi Nursulton Nazarboyev.
Yanvar-fevral oylarida eksport tuzilmasida xizmatlar, import tuzilmasida esa mashinalar va uskunalar ulushi ko‘proqni tashkil etdi, tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarga yetdi.
O‘zbekiston Jahon baxtiyorlik hisobotida 44-o‘rinni egallab, MDHdagi eng baxtli mamlakat deb topildi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar fevralda 3 foizga qimmatlashdi.
Fuqarolik faolligini oshirish huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga katta yordam beradi, deb hisoblaydi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi va Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting