Milliy xavfsizlik xizmati prezident farmoni bilan Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi.
Rossiya prezidenti saylovchida O‘zbekiston kuzatuvchilari delegatsiyasiga Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qiladi.
Majburiy ijro byurosi faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan buyon uning inspektorlariga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha 121 holat qayd etildi. 20 kishi tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahkum etildi.
Bosh prokuratura sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha Farhod Mamajonovning qo‘lga olingani va mol-mulki musodara qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qashqadaryo viloyatida jinoyatlar soni 2018 yilning dastlabki ikki oyi davomida ikki martadan ziyod kamaydi.
19 mingta tramadol tabletkasini sotayotgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olindi.
Shifokorlar tanasidan 12 dona ignani chiqarib olgan Azizbek tuzaldi va uyiga ketishga ruxsat berildi.
Jahonga taniqli ingliz fizik-nazariyotchisi Stiven Uilyam Xoking 76 yoshida vafot etdi.
Bosh vazirning sobiq birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Hamidov O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi bosh direktori bo‘ldi.
26 yoshli haydovchi 96 km/s tezlik bilan harakatlandi.Qoidabuzarlik Toshkentdagi Qodiriy ko‘chasida qayd etildi.
Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Turkiyada ushlangan Abdulbosid Ahmadjonov terroristik tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Varshavada Polsha va O‘zbekiston tadbirkorlari uchun ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashuvchi polyak-o‘zbek savdo-sanoat palatasi ochildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Turkiya kompaniyasi bilan xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi.
Qoraqalpog‘istonda qalbaki pullarni yasashda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi, uning yonidan 28 mln so‘m va 2900 dollar miqdoridagi soxta pul chiqdi.
18−19 mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Barcha avtoturargohlarda eng kamida ikkitadan o‘rin nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratiladi. Bunday joylar avtoturargohlar uzoqda joylashgan ob’ektlar yaqinida ham tashkil etiladi.
Stadionlarda oilaviy sektorlarni tashkil etish qarori O‘zbekistonda sportni ommalashtirishga qaratilgan.
«Tolibon» harakati Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida ishtirok etish borasida O‘zbekiston bilan aloqa bog‘lamadi, deya xabar qildi TIV.
Innovatsion rivojlantirish vazirligi innovatsiyalarni joriy etish tizimini rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ga kiritish uchun takliflarni qabul qilib olmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting