«O‘zbekengilsanoat» va Janubiy Koreya kompaniyalari 30 mln dollardan ziyodroq miqdordagi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
«Paxtakor» va «Nasaf» futbol klublari darvozabon hamda tribunadagi muxlislar o‘rtasidagi hodisa sababli ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Toshkent poligonida qattiq maishiy chiqindilarni «yashil» qayta ishlashga Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi 60 mln dollarga yaqin sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Seulda Tracker va modernizatsiya qilingan Cobalt’ni seriyali ravishda ishlab chiqarish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi.
Yetti nafar Moldova fuqarosi va bir Ukraina fuqarosi O‘zbekistonda bo‘lib turish qoidalarini buzgani uchun mamlakatdan chiqarib yuborildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining yetakchi universitetlari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Seulga yetib keldi. Seul aeroportida davlat rahbarini Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Kim Don Yo kutib oldi.
Seulda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida Koreya Respublikasida muzokaralar olib bordi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan Sherqul Omonov IIO xodimini jarohatladi, biroq qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Oliy va Birinchi ligasi Superliga va Pro-liga deb nomlanadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Bobur Islomov Seulda muzokaralar o‘tkazib, koreys hamkorlar bilan qator kelishuvlarga erishdi.
Dam olish kunlari yomg‘irning qorga aylanish ehtimoli bor. Haroratning pasayishi kutilmoqda.
Koreya Respublikasi va O‘zbekiston xalqlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur mamlakatga uyushtiradigan davlat tashrifidan ko‘p natijalarni kutmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatiga yangi prokurorlar tayinlandi.
O‘zbekistonlik figurachi Misha Ge Fransiyada Gran-pri bosqichi bronza medali sohibi bo‘ldi.
«Paxtakor» golkiperi Aleksandr Lobanov «Nasaf"ga qarshi uchrashuvda sportga xos bo‘lmagan harakati uchun jarimaga tortildi.
Toshkent bozorlarida yuqori cheklangan narxlarni o‘rnatish amaliyoti yarim yildan buyon joriy etilmoqda va bu aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan, deya ma’lum qilindi Davlat raqobat qo‘mitasidan.
Hunarmandlar — «Hunarmand» uyushmasi a’zolari soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, mahsulot eksportidan tushgan xorijiy valyutalarni erkin tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldi.
Kiberhujumga uchragan davlat organlari saytlari faoliyati to‘liq tiklangani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting