Dilshod Nuraliyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar termasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yilga qisqardi.
13 yillik tanaffusdan so‘ng AQSH Eksimbanki O‘zbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqda.
O‘zbekiston yetti yil davomida Amerikaning Nukem kompaniyasiga 300 mln dollarlik uran konsentratini yetkazib beradi.
O‘zbekiston suveren kredit reytingini olishga tayyorgarlikni boshladi. Citibank maslahatchi bo‘lishi mumkin.
Namanganda YeXHT bilan hamkorlikda umumiy uzunligi 2,2 km bo‘lgan veloyo‘lak ochildi.
30 sentyabr va 1 oktyabr kechasi O‘zbekiston bo‘ylab sovuq tushishi mumkin.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jasurbek Ibragimov o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi majlis bo‘lib o‘tdi.
GFRning O‘zbekistondagi yangi elchisi Gyunter Overfeld tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Romitan tumanida 166 kishida ovqatdan zaharlanish qayd etildi. Ayni paytda 94 kishi davolanmoqda, qolganlar uylariga jo‘natildi.
O‘zbekiston Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmini yil oxiriga qadar 5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi ayol uch oylik go‘dagini sotish vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi.
Jismoniy va yuridik shaxslar saqlayotgan uy hayvonlari yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Shavkat Mirziyoyev va Rustam Minnixanov O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. Tomonlar mahsulot ayirboshlash hajmini to‘rt barobarga oshirishni maqsad qilgan.
Prezident suv ob’ektlari o‘zanlarida nazoratsiz shag‘al va qum qazib olishga barham berishga qaratilgan qarorni imzoladi.
O‘zbekiston va Tatariston savdo-sotiq, sog‘liqni saqlash, turizm va axborot texnologiyalari sohalarida hamkorlik qiladi.
Professional bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov AQSHda uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Haftaning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi va haroratning o‘rtacha 5 darajaga pasayishi kutilmoqda.
2021 yilga qadar avtomobil yo‘llari bo‘ylab 1,6 milliondan ziyod daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqaziladi.
1 oktyabrdan qo‘lda terilgan 1 kg paxta tarifi 450 so‘mdan 500 so‘mga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting