O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi.
Sodiqjon Turdiyev O‘zLiDeP raisi lavozimini tark etdi. Baxtiyor Yakubov partiya rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
O‘zbekiston bosh vaziri Cho‘lpon-Otadagi (Qirg‘iziston) hukumatlararo komissiya majlisida ishtirok etadi.
Tiklanish va taraqqiyot fondi erkin iqtisodiy zonalardagi investitsiya loyihalariga 100 mln dollarlik kredit ajratadi.
O‘zbekiston TIV rahbari Latviyaning Toshkentdagi elchisi missiyasini tamomlayotgan Edgars Bondarsni qabul qildi.
O‘zbekiston milliy universiteti ikkinchi oliy ta’limni olishni istaganlar uchun sirtqi bo‘lim ochdi.
TIV xabar qilishicha, chetga chiqish stikerlarini bekor qilish va xorijga chiqish pasportlarini joriy etish haqidagi qaror loyihalari tayyor va idoralararo kelishuv bosqichida turibdi.
Barcha hududlarda kichik kinostudiyalar va kinozallari bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar komplekslar ochiladi.
Prezident Aziz Abduhakimovni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinladi.
FVV Qirg‘izistondagi avariyada jarohatlanganlar davolanayotgani, ularning ahvoli yaxshilanayotganini ma’lum qildi.
Germaniyalik avtopoygachi Rayner Sitlou 6 kunda 11 mamlakat, jumladan O‘zbekiston bo‘ylab 12,3 ming km bosib o‘tib jahon rekordini o‘rnatmoqchi.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 13,8 foizga o‘sib, 1,85 mlrd dollarni tashkil etdi.
Prezident qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2017 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga haj safariga ilk ziyoratchilar guruhi jo‘nab ketdi.
Royal markasi ostida Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan energiya samarador quyoshli suv isitkichlar ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston tashqi savdo saldosi yarim yil davomida minus 132,7 mln dollarni tashkil etdi.
Bunga qadar tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkat To‘laganov Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Yarim yil davomida O‘zbekistonning doimiy aholisi 200 nafardan oshib, 32,345 million nafarga yetdi.
Toshkentda mustaqillik bayrami arafasida «Tozalash-antiterror» tadbiri o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting