O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 60 yoshni qarshi oldi.
O‘zbekiston moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.
Poytaxt viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa shahri qaytadan quriladi. Loyihada Janubiy Koreya arxitektorlari ishtirok etmoqda.
«O‘zbekenergo» va Koreya elektroenergetika korporatsiyasi (KEPCO) energetika sohasining barcha sohalari bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev «Angren» EIZda konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
Andijon viloyatida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod 2019 yilda ishga tushadi.
Chirchiqda Navoiy ko‘chasi va markaziy bozorga foto- va videokameralar o‘rnatildi.
Taniqli xonanda va bastakor Komiljon Otaniyozov tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert komissiyasi O‘zbekiston soliq tizimini rivojlangan davlatlar tajribalariga muvofiq tarzda yuritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi.
Sharof Rashidov byustini uning qizi Sayyora Rashidova va Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov ochdi.
«O‘ztreyd» kompaniyasi Mozori Sharifda o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi.
«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab joylashgan 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.
O‘zbekiston sportchilari Londonda paralimpiya jahon chempionatida ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAlik raqiblarini mag‘lub etib, 2018 yilgi Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Poytaxtning Olmazor tumanidagi sobiq Toshkent chinni zavodi o‘rnida yangi turar-joy majmuasi quriladi.
Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi 9,3 km uzunlikdagi suv quvurini yotqizish ishlari yakunlandi.
Hukumat yer usti analogli teledasturlarni bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvalini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulligi ochish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Toshkentda O‘zbekistonning asosiy sud institutlari joylashadigan «Adolat saroyi» majmuasi quriladi.
Abdulaziz Kamilov va Federika Mogerini o‘zaro aloqalarga oid masalalarni muhokama qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting