Arxiv

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi
3 yanvar 2024, 15:17 1

Toshkent viloyatidagi avtobus va mikroavtobuslarda yo‘lkira narxi oshdi

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

Toshkent hokimiyati Fitch agentligi reytingini qaytarmoqchi
3 yanvar 2024, 12:50

Toshkent hokimiyati Fitch agentligi reytingini qaytarmoqchi

Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.

2023-yilda inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?
3 yanvar 2024, 12:29

2023-yilda inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 8,77 foizli inflyatsiya qayd etildi, bu 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkich sanaladi. Yil davomida guruch 38,7%, go‘sht 9,3%, sut 13,3%, tuxum 11,7%, shakar 11% ga qimmatladi. Benzin narxi 19,1%, propan narxi esa 29,4% ga oshdi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
3 yanvar 2024, 11:54

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
3 yanvar 2024, 11:37

Hafta davomida havo iliq bo‘ladi, juma kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi
3 yanvar 2024, 11:30

Jizzaxda Lacetti transformatorga urildi

Sharof Rashidov tumanida Lacetti transformatorga urilishi oqibatida mashina va transformator texnik shikastlandi, mahalla bir muddat elektr ta’minotisiz qoldi.

Yaponiyadagi zilzila oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar
3 yanvar 2024, 11:14

Yaponiyadagi zilzila oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar

Yaponiyaning Ishikava prefekturasida yuz bergan 7,6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi. Qo‘shni hududlarda ham vayronagarchiliklar qayd etilgan. Davom etayotgan zilzilalar qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Foto.

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi
3 yanvar 2024, 11:05

Namanganda qoidabuzarliklari bilan maqtangan haydovchi oltita modda bilan jarimaga tortildi

Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi
3 yanvar 2024, 09:30

Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi

Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2024, 12:09

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi kunida 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi
2 yanvar 2024, 10:44

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor bo‘ldi

Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. U 2017−2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi
2 yanvar 2024, 10:09

Dubayda jinoiy to‘da garovida ushlab turilgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.

Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash yakunlandi. Yangi narxlar
1 yanvar 2024, 18:43

Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash yakunlandi. Yangi narxlar

31-dekabrda Ai-80 benziniga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. Endi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin narxi 6800 so‘mdan sotilmoqda (bungacha 6050 edi), xususiy shoxobchalarda esa qimmatroq.

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi
1 yanvar 2024, 11:46

Chimyonda 1−10-yanvar kunlari harakat bir tomonlama bo‘ladi

1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
1 yanvar 2024, 10:01

1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘ladi
1 yanvar 2024, 00:00

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” bo‘ladi

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.

2024-yil uchun Toshkent budjeti: xarajatlar qanday o‘zgarmoqda?
31 dekabr 2023, 19:46

2024-yil uchun Toshkent budjeti: xarajatlar qanday o‘zgarmoqda?

Toshkent shahri budjetining 2024-yilgi xarajatlari 8,07 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi. Issiqlik energiyasi uchun subsidiyalar qariyb 2 trln so‘mgacha (barcha xarajatlarning to‘rtdan bir qismi) oshadi, tashqi qarz, O‘TTJ oldidagi kreditni qaytarish va chet el kreditlarini qoplash kabi xarajatlar paydo bo‘ladi.

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi
31 dekabr 2023, 19:31

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi

YouTube’ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi
31 dekabr 2023, 16:59

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi

Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda
31 dekabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda

Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting