Arxiv

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida
23 iyun 2023, 12:09

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida

Sardoba fojiasining sabablaridan eng kattasi — suv ombori qurilishi oxiriga yetmagandi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. 27 mlrd so‘mlik suv sizib chiqishidan boxabar qiluvchi maxsus uskunalar ham o‘rnatilmagan bo‘lgan. Suv ombori yorilgach esa barcha suv omborlarida kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 11:55

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda birinchi kripto-depozitariyga litsenziya berildi
23 iyun 2023, 11:30

O‘zbekistonda birinchi kripto-depozitariyga litsenziya berildi

O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi. Litsenziya olgan korxonaning ta’sischisi Dubay kompaniyasi hisoblanadi.

Statistika agentligi “Gazeta.uz” maqolasiga munosabat bildirdi
23 iyun 2023, 11:29

Statistika agentligi “Gazeta.uz” maqolasiga munosabat bildirdi

Statistika agentligi “Gazeta.uz” e’lon qilgan yanvar oyidagi inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichi to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi. Agentlikka ko‘ra, rasmiy statistik ko‘rsatkichlar “obyektiv kuzatuvlarda to‘plangan fakt hisoblangan ma’lumotlar hamda ilmiy asoslangan metodologiya” asosida shakllantiriladi.

Radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish mumkin bo‘ladi
23 iyun 2023, 11:23

Radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish mumkin bo‘ladi

Senat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.

Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi
23 iyun 2023, 11:17

Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi

Yakshanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havo kirib keladi. Harorat 2−4 darajaga pasayadi, yoz uchun qulay qiymatlar — +31…+34 daraja, kechasi — +15…+18 darajagacha harorat kuzatiladi.

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 10:56

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.

Turkiya Markaziy banki mamlakatda foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirdi
23 iyun 2023, 10:47

Turkiya Markaziy banki mamlakatda foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirdi

Turkiya regulyatori foiz stavkasini 8,5 foizdan 15 foizga oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi. So‘nggi yillarda Turkiyada past foiz stavkalari chuqur inflyatsiya va investorlarning mamlakatni tark etishiga olib keldi. Yangi iqtisodiy rahbariyat, shuningdek, “erkin valyuta rejimi” qayta tiklanishini va’da qilmoqda.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektrdan vaqtincha uzildi
23 iyun 2023, 10:39

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalar elektrdan vaqtincha uzildi

Bektemir, Chilonzor, Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida soat 17:00 gacha elektr ta’minoti to‘xtatildi.

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi
23 iyun 2023, 10:11

Navoiyda mablag‘larni talon-toroj qilgan mansabdor yangi tayinlovdan bir kun o‘tib ishdan bo‘shatildi

21-iyun kuni Navoiy shahri hokimi 2021-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan Yusuf Tursunovni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlagandi. OAV bunga e’tibor qaratganidan so‘ng 22-iyun kuni Tursunov “o‘z xohishiga ko‘ra” ishdan bo‘shatildi.

Tijorat banklarida dollarning sotish va sotib olish kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
23 iyun 2023, 09:57

Tijorat banklarida dollarning sotish va sotib olish kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklari 23-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 425−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 540 so‘m.

Rekord darajada qatl va ommaviy hibsga olishlar: Eronda inson huquqlari bo‘yicha hisobot
23 iyun 2023, 00:20

Rekord darajada qatl va ommaviy hibsga olishlar: Eronda inson huquqlari bo‘yicha hisobot

Eronda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat o‘tgan yilgi ommaviy namoyishlar to‘lqinidan keyin ancha yomonlashgan. BMT hisobotida aytilishicha, o‘n minglab odamlar, jumladan, bolalar hibsga olingan, yuzlab odamlar qatl etilgan, shuningdek, onlayn senzura kuchaygan.

Qibrayda mast haydovchi uch bolani urib yubordi, 14 yoshli bola vafot etdi
23 iyun 2023, 00:09

Qibrayda mast haydovchi uch bolani urib yubordi, 14 yoshli bola vafot etdi

Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” avtomashinasi bilan uch nafar bolani urib yubordi. 14 yoshli bola vafot etdi.

Jurnalistika universiteti kafedrasiga Qudrat Irnazarov nomi beriladi
22 iyun 2023, 23:47

Jurnalistika universiteti kafedrasiga Qudrat Irnazarov nomi beriladi

Marhum professor Qudrat Irnazarov ishlagan O‘zbekiston jurnalistika universitetining “Jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi va auditoriyalardan biriga uning nomi beriladi, deya ma’lum qildi universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja.

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasining tazyiqlari sababli Bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi
22 iyun 2023, 19:31

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasining tazyiqlari sababli Bolalar ombudsmanidan yordam so‘radi

Toshkent viloyatida 11 yoshli bola onasidan shikoyat qilib Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. Uning maktabga bormasligi, o‘qish-yozishni bilmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ayol alkogolizmdan davolanishga, bolalari esa ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri
22 iyun 2023, 19:18

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri

Ukrainadagi “Kaxovka” GESi portlatilishi O‘zbekistondagi suv omborlariga ham ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartli ravishda “Chorvoq” GESi portlatilgan va zudlik bilan choralar ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Video.

Toshkentda iyul va avgust oylarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Ro‘yxat
22 iyun 2023, 18:36

Toshkentda iyul va avgust oylarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi. Ro‘yxat

Toshkentdagi issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ayrim tumanlarda iyul-avgust oylarida issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.

UzAuto Motors yanvar-may oylarida eng ko‘p sotuvda yo‘q avtomobillarni ishlab chiqardi
22 iyun 2023, 17:49

UzAuto Motors yanvar-may oylarida eng ko‘p sotuvda yo‘q avtomobillarni ishlab chiqardi

UzAuto Motors yilning dastlabki 5 oyida eng ko‘p Cobalt, Gentra va Damas ishlab chiqardi. Bu modellarning hech biri sotuvda mavjud emas. Dekabr oyida kompaniya avval buyurtma qilingan avtomobillarni yetkazib berish uchun Lacetti, Cobalt, Damas`ga buyurtma qabul qilishni to‘xtatgandi.

Chinozda 11 gektar somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborgan fermer jarimaga tortildi
22 iyun 2023, 17:39

Chinozda 11 gektar somonpoya qoldiqlarini yoqib yuborgan fermer jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan 11,6 gektar maydondagi somonpoya qoldiqlari yoqilgani sabab dala chetidagi daraxtlar shikastlandi. Tuproq unumdorligiga 24,6 mln so‘m, o‘simlik dunyosiga 16,8 mln so‘m zarar yetdi. Fermer jarimaga tortildi. Ekologiya vazirligi somonpoya qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirmoqda.

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi
22 iyun 2023, 17:16

Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 157-o‘rinni egalladi

Economist Intelligence Unit`ga ko‘ra, Toshkent yashash uchun qulay shaharlar reytingida 13 pog‘ona pastlab, 173 ta shahar ichida 157-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda Avstriyaning Vena shahri yetakchilik qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting