«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.
Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Tijorat banklari 30 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 390 so‘m.
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
Ikki kunda Toshkent va Namangan shaharlarida yurib ketayotgan Nexia avtomobillarida yong‘in chiqqan. Hodisalar oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Chexiyadagi saylovlarda sobiq NATO generalining g‘olib bo‘lgani, Pokiston va Peruda avtobus halokatlarida ko‘plab insonlarning vafot etgani, Erondagi zavodlarga dronlar hujumi, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayonining to‘xtab qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada o‘tkazilgan Tata Steel Chess-2023 musobaqasini 2-o‘rin bilan yakunladi. Musobaqa g‘olibligi 8,5 ochko to‘plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi. Javohir Sindorov esa o‘z guruhida 3-o‘rinni egalladi.
Bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda o‘tkazilgan jangda amerikalik Ulises Siyerrani nokautga uchratdi.
Nukus shahridagi 4 qavatli uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yigit kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi. Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov bordi.
Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olindi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar imom-xatibning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib bormoqda.
Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Toshkent va Samarqandda ispaniyalik rassom Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
PMTI prognozlariga ko‘ra, 2035 yilda O‘zbekiston aholisi 45,6 mln kishidan oshadi. Ushbu davrgacha aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi esa har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda. Mutaxassislar milliy energetika tizimini tezroq yadro, vodorod va «yashil» texnologiyalarga integratsiyalashni taklif etmoqda.
Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida 48 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan 18 mln so‘m jarima hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln so‘mdan ortiq zarar miqdori hisoblandi.
Azal kompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi. Urganch ushbu aviatashuvchi parvoz qila boshlagan Toshkent, Samarqand va Farg‘onadan keyingi to‘rtinchi shahar bo‘ldi.
Angor tumanida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, «Tez yordam» mashinasi bilan to‘qnashgan 22 yoshli Spark haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir shu yoshdagi yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketildi.
19 yanvar kuni Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatni boshqarishga kuch topa olmayotgani, iste’foga chiqmoqchi ekanligini e’lon qildi. Ushbu maqolada bosh vazirning faoliyati, qabul qilgan qarorlari haqida bayon etamiz.
O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati masalalari bo‘yicha izlanish olib boradigan 3 ta ta’lim muassasasi: xalqaro institut, uning huzurida maxsus markaz va texnikum ochiladi. Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn ariza berish orqali almashtirish imkoniyati yaratilmoqda. Buyurtma my.gov.uz sayti orqali beriladi. Buning uchun BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
27 yanvar kuni Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurollangan shaxs hujum uyushtirgandi. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan. O‘zbekiston TIV holat yuzasidan bayonot berib, hujumni keskin qoraladi. Shuningdek, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.
Yakkasaroy tumanida Mercedes-Benz motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting