Arxiv

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
19 noyabr 2022, 16:00

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

IIV «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ta’sirida» 2021 yili Suriyaga borib, u yerda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan ikki fuqaro qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular «O‘zbekistonga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda» ayblanmoqda.

Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti ochiladi
19 noyabr 2022, 15:41

Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti ochiladi

Kasaba uyushmalari federatsiyasida bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma va departament ochiladi. Uyushma a’zolarining farzandlari dam olishi uchun xarajatlarning 600 ming so‘mi shu jamg‘armadan qoplanadi. Mahalliy budjetning prognozdan ortgan qismidan 10 foizi har chorakda jamg‘armaga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Oliy sudi raisiga o‘rinbosar saylandi
19 noyabr 2022, 14:01

O‘zbekiston Oliy sudi raisiga o‘rinbosar saylandi

Senatning 19 noyabrdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuxrat Polvanov Oliy sud raisi o‘rinbosari etib saylandi. Shu majlisda Gulnora Mirzayeva, Abdikamal Abdikarimov va Askar Bekmanov Oliy sud sudyaligiga saylandi.

Yashnobodda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi, yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda
19 noyabr 2022, 12:41

Yashnobodda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi, yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda

Toshkentda Assalom Havo turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan maydonda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangan. obyekt quruvchisi sifatida Yangi Zamon Bino kompaniyasi ko‘rsatilgan, uning hammuassislaridan biri — «O‘zbekiston temir yo‘llari»dir. Yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda.

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni keskin oshdi
19 noyabr 2022, 11:36

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni keskin oshdi

Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 92 ta holat qayd etildi, ushbu holatlarining 71 tasi Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bir kun avval 69 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani bergandi.

Nima tayyorlaymiz: Baliqdan taomlar
19 noyabr 2022, 10:45

Nima tayyorlaymiz: Baliqdan taomlar

Folgada pishirilgan baliq, rangdor gulmohi balig‘idan steyk, baliqli kotletlar, pomidor va tunets balig‘idan tayyorlangan pasta, tunets balig‘idan salat va boshqalar — Zira.uz noodatiy taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun baliqdan tayyorlangan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qozog‘istonda prezident saylovi: 6 nafar nomzod, barchaga qarshi ovoz berish imkoniyati, 7 yillik muddat
18 noyabr 2022, 23:41

Qozog‘istonda prezident saylovi: 6 nafar nomzod, barchaga qarshi ovoz berish imkoniyati, 7 yillik muddat

Yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu safar qozoq xalqida barcha nomzodga qarshi ovoz berish imkoniyati ham mavjud. Qozog‘iston davlat maslahatchisi Erlan Karin jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni «mazkur siyosiy o‘zgarishlarning hammuallifi» deb atadi.

Salam Air ilk bor Ummondan Namanganga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18 noyabr 2022, 21:51

Salam Air ilk bor Ummondan Namanganga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

18 noyabr kuni Salam Air aviakompaniyasi Maskat-Namangan-Maskat yo‘nalishi bo‘yicha yangi parvozlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Juma kuni kompaniyaning A-320 rusumli samolyoti Namangandan Maskat shahriga 184 nafar yo‘lovchini olib ketdi.

Prezident atmosfera havosi ifloslanganini tilga oldi
18 noyabr 2022, 21:49

Prezident atmosfera havosi ifloslanganini tilga oldi

Prezident «Yashil makon» loyihasini kengaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda atmosfera havosi ifloslangani haqida ham so‘z bordi. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlariga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona mas’ul tashkilot etib belgilash taklif etildi.

O‘zbekiston fuqarosi Moskvada qiz bolani o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda
18 noyabr 2022, 21:24

O‘zbekiston fuqarosi Moskvada qiz bolani o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda

Rossiyaning Tambov viloyatida qiz bolani o‘ldirganlikda gumon qilinib 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Qizning pichoqlangan jasadi Moskvada topilgan. Bir kun oldin jabrlanuvchi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ta’qib etilayotgani haqida xabar bergan.

O‘zbekiston Yevropa bilan kosmik aloqa tizimlarini joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor
18 noyabr 2022, 20:13

O‘zbekiston Yevropa bilan kosmik aloqa tizimlarini joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘magida raqamli tarmoqlar, jumladan, suv osti va yer usti optik tolali kabellar hamda himoyalangan kosmik aloqa tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha Yevropa bilan hamkorlik qilishga tayyor, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov.

2019 — 2021 yillarda 464 ta sport muassasasida davlatga 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
18 noyabr 2022, 20:00

2019 — 2021 yillarda 464 ta sport muassasasida davlatga 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Bosh prokuratura oxirgi 3 yilda 464 ta sport muassasasida davlat budjetidan ajratilgan 27 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini qayd etdi. Shundan 10 mlrd so‘mi undirilib, 431 nafar shaxsning buzilgan huquqi tiklandi. Holatlar bo‘yicha 66 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

AQSh elchisi — O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ijobiy va salbiy tomonlari haqida
18 noyabr 2022, 19:36

AQSh elchisi — O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ijobiy va salbiy tomonlari haqida

AQSh elchisi Jonatan Xenik O‘zbekistondagi xorijiy investorlar uchun to‘siqlar va imkoniyatlarni sanab o‘tdi. «Ochig‘ini aytaman, qonun ustuvorligi, intellektual mulkni himoya qilish va korrupsiya bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud, biroq plyuslar orasida o‘qimishli mutaxassislar va katta bozor bor», — dedi u.

Samarqandda qaynonasi bilan urushib qolgan ayol uch bolasi bilan birga o‘zini suvga tashladi
18 noyabr 2022, 18:40

Samarqandda qaynonasi bilan urushib qolgan ayol uch bolasi bilan birga o‘zini suvga tashladi

Samarqand tumanida 26 yoshli ayol qaynonasiga «achchiq qilib», o‘zi va bolalarini suvga tashladi. Oqibatda bolalarning ikki nafari halok bo‘lgan. Voqeadan so‘ng viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda «mahalla mutasaddilarining faoliyati qoniqarsiz» deb baholangan.

Davlat xaridlari bo‘yicha yangi portal 2023 yildan ishga tushiriladi — moliya vaziri
18 noyabr 2022, 18:08

Davlat xaridlari bo‘yicha yangi portal 2023 yildan ishga tushiriladi — moliya vaziri

Juma kuni bo‘lib o‘tgan Senatning navbatdagi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov 2023 yil 1 yanvardan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushishini ma’lum qildi. Majlisda vazir davlat budjetini shakllantirishda barcha vazirlik va idoralarni intizomli harakat qilishga chaqirdi.

Senat Qirg‘iziston bilan imzolangan chegara shartnomalarini ma’qulladi
18 noyabr 2022, 18:04

Senat Qirg‘iziston bilan imzolangan chegara shartnomalarini ma’qulladi

Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani hamda Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ma’qulladi. Ushbu qonunlar parlament quyi palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingan edi.

Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnika «hukumatlar o‘rtasidagi muhokama mavzusi bo‘lib qolmoqda» — AQSh elchisi
18 noyabr 2022, 17:49

Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnika «hukumatlar o‘rtasidagi muhokama mavzusi bo‘lib qolmoqda» — AQSh elchisi

Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan yili olib o‘tilgan harbiy aviatexnika kelajagiga doir muzokaralar hamon davom etmoqda. Bu haqda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik ma’lum qildi. «Bu borada qaror qabul qilinganicha yo‘q», — dedi u.

Qurilishning barcha jarayonlari raqamlashtiriladi
18 noyabr 2022, 17:28

Qurilishning barcha jarayonlari raqamlashtiriladi

Prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.

Senatda svet va gaz muammosi ko‘tarildi: Davlat dasturida elektr energiyasiga doir band bajarilmagan
18 noyabr 2022, 17:19

Senatda svet va gaz muammosi ko‘tarildi: Davlat dasturida elektr energiyasiga doir band bajarilmagan

Senator Mahmud Parpiyevga ko‘ra, Davlat dasturining energetika sohasida raqobat muhitini rivojlantirishga doir bandi bajarilmagan, bu esa O‘zbekistondagi gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ahvolga ta’sir qilmoqda. Energetika vazirligi muammoni hal etish uchun qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ikki kunlik chaqalog‘ini $35 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi
18 noyabr 2022, 16:33

Ikki kunlik chaqalog‘ini $35 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi

Toshkent shahar Bektemir tuman sudida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini $35 ming evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi. Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi bolasini 15 yillik tanishiga bermoqchi bo‘lgan. U Jinoyat kodeksinin tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting