Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining Xovos tumanining 126 ming aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan 7 mln dollardan ortiq kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.
2021 yilda O‘zbekistonda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni 3, mahsulotlar eksporti esa 1,9 barobarga ortdi. Shuningdek, 20dan ortiq turdagi harbiy va ikki maqsadda qo‘llaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvaridan joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa ham, katta ehtimol bilan, yil oxirigacha qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim baribir yangi yildan ishga tushiriladi va davlat xizmatchilariga deklaratsiyalarni tayyorlash uchun aprelgacha vaqt berish rejalashtirilgan.
Transport vazirligi Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi. Konsepsiya birinchi o‘rinda piyodalar, keyingi o‘rinlarda velotransport, shahar jamoat transporti va shaxsiy avtotransport uchun qulay infratuzilmani yaratishni ko‘zda tutadi.
Shokolad pastasini ishlab chiqaruvchi Ramella kompaniyasiga iste’molchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq qonun buzilishini bartaraf etish haqida majburiyat yuklatildi . Italiyaning «FERRERO S.p.A.» kompaniyasi tomonidan tarqalgan Nutella shokoladining mashhur brendi dizayni Ramella mahsulotining qadoqlarida ham aks ettirilgan.
Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevdan yer munosabatlari sohasidagi qonunbuzarliklar uchun yirik amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qildi. «Katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortsangiz, men sizni xurmat qilishni boshlayman», — dedi davlat rahbari.
O‘zbekistonda yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 10 oy ichida 110,2 mln dollarlik 300 mln litrdan ortiq benzin import qilingan.
Buxoro viloyatining Romitan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Oqdaryo hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi.
Poytaxtdagi Matbuot uyi («Gazeta korpusi») binosi sotuvdan olindi va u OAV, shu jumladan bosma nashrlar ixtiyorida qoldirilishi ma’lum qilindi. Bino O‘zA balansiga o‘tkazilishi mumkin. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning so‘zlari ko‘ra, ushbu masala davlat rahbarining nazoratida turibdi.
2022−2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga 540 mln so‘mgacha kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vazirligida ish boshlagan yillarda pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilganini esga oldi.
Chilida yangi prezident saylangani, Qirg‘izistonda ichki qo‘shinlar qo‘mondonining katta miqdordagi davlat mol-mulkni o‘g‘rilashda gumonlanib qo‘lga olingani, Pentagon 100 ga yaqin amerikalik harbiylarni ekstremistik harakatlarda ayblab hibsga olgani, Ilon Maskning 11 mlrd dollar soliq to‘lashini ma’lum qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida chang bo‘roni sababli uchta yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi.
Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident qarori bilan joriy yilda «Temir daftar» ga kiritilganlar, 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor boquvchisini yo‘qotganlar pensiyasini oluvchi oilalar hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchilarga bir martalik 800 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi.
Paymart hamkorlik tarmog‘ida 500 dan ortiq maishiy texnika, ofis va uy uchun, tekstil va boshqa mahsulotlarni sotadigan do‘konlar mavjud.
Qibray tumanidan 8 ta mahalla, 3 ta maktab va 5 mingdan ortiq turar joylar Toshkentning Yashnobod tumani tarkibiga o‘tdi.
Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.
Shavkat Mirziyoyev baliqchilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga soliqlardan ozod etiladi.
«O‘zsanoatqurilishbank» banki e’lon qilgan qariyb 2,6 mlrd so‘mlik tanlovda 2 kompaniya ishtirok etgan. Bank ushbu kompaniyalar o‘zaro afillanmaganligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting