Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘lishi, yangi imzolangan qaror va farmonlar, prezident saylovi tarixida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan birinchi teledebat — “Gazeta.uz"ning 18 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Kelgusi yil dunyo vaksina bozorida BioNTech/Pfizer va Moderna kompaniyalarining yetakchilik qilishi, Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQShga hech qanday shart qo‘ymagani, NATO`ning Rossiyadagi axborot byurosi faoliyati to‘xtatilishi, Bayden va uning rafiqasining Vashingtonda niqob rejimi qoidalarini buzgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.
AQSh Davlat departamentining sobiq rahbari, prezident Jorj Bush boshqaruvi ostida ishlagan Kolin Pauell 84 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi.
Deputat yordamchisi institutini joriy etishga oid qonun qabul qilindi. Yordamchi deputatning vakili sifatida saylov okrugida doimiy faoliyat yuritadi va sudlanmagan bo‘lishi lozim. U deputat va saylovchi o‘rtasidagi muntazam aloqani yaxshilashga ko‘maklashadi.
10 kun oralig‘ida poytaxt tez yordam xizmatiga bemor bolalar bo‘yicha kelib tushgan chaqiriqlar soni 13 ming 820 taga yetdi. oktabr oyida bolalar bo‘yicha shahar tez yordamga bo‘layotgan kunlik murojaatlar o‘rtacha 1300−1500 tani tashkil qilmoqda.
Hukumat 2022 yilda YAIMning 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi. Inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, budjet defitsitini esa YAIMga nisbatan 3% pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 4000 dollardan oshirish ko‘zda tutilmqoda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,36 so‘mga pasayib, 10 700,64 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Prezident farmoni bilan 1 noyabrdan hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan MFY xodimlari oylik maoshi 35 foizga oshiriladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Toshkentda uchta Burger King restoranlari ochilishi kutilmoqda. Ular Bobur bog‘i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasi va Chilonzor 25-mavzesida joylashadi.
Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Ularga «qamoq» va «uy qamog‘i» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura jinoyat ishini sudga oshirdi.
AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.
Termizdagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Afg‘onistonning muvaqqat hukumati hamkorlikning bir nechta sohalari bo‘yicha ishchi guruhlar tuzishdi. 10 kun ichida «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish va uni ikki davlat yetakchilariga taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Lactalis barcha turdagi sut mahsulotlarini sotishni va O‘zbekiston bozorida sut ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.
19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovlari tarixida ilk marotaba teledebat namoyish etiladi. Unda prezidentlikka nomzodlarning vakillari qatnashadi. Teledebatni soat 17:00da «O‘zbekiston24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» kanallari orqali ko‘rish mumkin.
AQSh mudofaa vaziri yordamchisi Kristofer Mayer boshchiligidagi idoralararo delegatsiya Toshkentda chegara xavfsizligi masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda AQshning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum.
Payshanba kuni O‘zbekistonda ob-havo sovuqlashib, +18 daraja iliq bo‘lishi, dam olish kunlari esa kunduzi +13 darajacha tushishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ib, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Bundan tashqari, shamol tezligi kuchayishi, ayrim viloyatlarda tuman tushishi ham mumkin.
Prezidentning ma’lum qilishicha, keyingi 5 yilda paxta terimi mexanizatsiyasi 15%dan 60 ga yetkaziladi. 2013 yilda bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev 2016 yildan 80−90% paxta hosilini mashinada terishga o‘tilishi rejalashtirilganini aytgan edi. Bir necha yildan buyon mamlakatda paxta terimi mashinalarining tanqisligi kuzatilmoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi So‘x tumanida qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. 7 gektar maydonda joylashgan aerodrom loyihasi avvaliga 12 mlrd so‘mga baholangan edi, qurilish yakuni bo‘yicha budjetdan 6,8 mlrd so‘m ajratilgani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting