Afg‘onistonning energetika kompaniyasi elektr energiyasi haqini to‘lamagan sobiq hukumat amaldorlarining mol-mulkini sotuvga qo‘ymoqchi. Mamlakat aholisi kompaniyaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlayotganligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasidan qarzlarning umumiy miqdori 5,5 mln dollardan ortiq.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat viloyatlarida zamonaviy va energiya jihatidan tejamkor 15 tagacha maktablarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko‘rsatish uchun xususiy operatorni tanlashda tender o‘tkazishga yordam beradi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.
«Chorvoq oromgohi» maskanining 8 ta alohida lotlar bo‘yicha savdo jarayonlari to‘xtatildi va oromgoh yaxlit mulkiy majmua sifatida auksionga qo‘yildi. Xaridorga hududdagi mehmonxona va turizm infratuzilmasini saqlab qolish hamda Chorvoq oromgohining Germaniya kompaniyasi oldidagi 573 ming 568 yevro qarzini to‘lash talabi qo‘yilmoqda.
Noyabr oyida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali tashrifga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
sentabr holatiga Probatsiya xizmati tomonidan 60 ming 434 kishi nazorat ostiga olingan. Ularning 91,5 foizini erkaklar, 8,5 foizini ayollar, 28 foizini yoshlar va 1 foizdan kamrog‘ini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. 2001 yilda bitta inspektor 13 kishini nazorat qilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 108 kishiga yetdi.
Fortune hisob-kitoblariga ko‘ra, yetti yarim soatlik uzilishlar natijasida Facebook taxminan 99,75 mln dollar yo‘qotgan. Forbes nashri platformadagi nosozlik sabab kompaniya aksiyalari narxi 4,8 foizga pasaygani va oqibatda Mark Sukerberg 5,9 mlrd dollar yo‘qotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.
“O‘zkomnazorat” boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Doniyor Rustamov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasining nol foiz miqdorida belgilangani, tabiiy gaz importchilarining bojxona bojidan ozod qilinayotgani, geologiya-qidiruv va izlanish ishlarining qator soliq va to‘lovlardan ozod qilinayotgani va boshqa yangiliklar — prezident yer qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo‘yicha yangi farmonni imzoladi.
Chirchik shahar hokimligi matbuot kotibi Fahriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi izohlaridan keyin ishdan olindi. AOKAning ta’kidlashicha, u davlat xizmatchisining axloqiy me’yorlari va kodeksini buzgan.
Afg‘onistonning Hasht e Subh Daily gazetasi mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining qochish tafsilotlarini yoritdi. Nashrning yozishicha, u va uning atrofidagilar avval O‘zbekistonga borib, Termiz aeroportida bir kundan ko‘proq qolishgan, so‘ngra Qozog‘iston aviakompaniyasi samolyoti bilan BAAga uchishgan.
Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini qaytadan ko‘rib chiqdi va uni 4,8 foizdan 6,2 foizga oshirdi. Iqtisodiy faollikning tiklanishiga ichki investitsiyalar, xalqaro savdo va pul o‘tkazmalarining tiklanishi sabab bo‘lmoqda.
Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, energetika vazirligining benzin narxi oshishiga izohi, “Narxoz"ning sobiq prorektori 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda gumonlanishi — “Gazeta.uz"ning 6 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020−2021 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni haqdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda OTMlar soni 127 taga yetgan, ularning 88 tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.
Gruziyaning o‘z raqamli valyutasini joriy etishni rejalashtirayotgani, Avstriyada hukmron partiya idoralarida tintuvlar o‘tkazilgani, Xitoyning 2025 yilga kelib Tayvanni bosib olishga to‘liq tayyor bo‘lishi haqidagi fikrlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh kongressmenlari Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerni qabul qildi. Uchrashuvda, jumladan, Nebraska, Kolorado va Texas shtatlari bilan hamkorlik bo‘yicha loyiha va dasturlar muhokama qilindi.
Bolalikda nigohlaringizni ko‘kka qaratib, hayajon bilan “samolyot!” deya hayqirganlaringiz yodingizdami? “Temir qushlar"ga bo‘lgan bu qiziqish, garchi yoshlari ulg‘aygan bo‘lsa ham, aviaspotterlarni hamon tark etgani yo‘q. Ular har qanday ob-havoda ham laynerlarning uchish-qo‘nishlarini fotosuratga olishga shoshadilar. “Gazeta.uz” O‘zbekiston spotterlari bilan ularning sevimli mashg‘ulotlari, o‘lkamiz va xorijdagi spotting farqi haqida suhbatlashdi.
Adliya vaziri seshanba kungi anjumanda O‘zbekistonga juda katta davlat apparati to‘g‘ri kelmasligi, unga ketadigan xarajatlar juda ko‘pligini ta’kidladi. «Hukumat ixcham bo‘lishi kerak», — dedi Ruslanbek Davletov. U shuningdek, fuqarolar biror tashkilot xulosasi uchun viloyatdan Toshkentga qatnashiga to‘g‘ri kelishini ham tanqid ostiga oldi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,02 so‘mga pasayib, 10 671,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting