O‘zbekistonda avtomobil xaridi uchun kreditlar hajmi 40 foizga oshdi. Jumladan, Toshkentda eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilib, barcha avtokreditlarning qariyb yarmi — 1,1 trln so‘mni tashkil qildi. Markaziy bank mazkur holatni barcha uchun birdek xatarli deb hisoblamoqda.
Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyatida Nexia rusumli avtomashina yo‘lni kesib o‘tayotgan 7 yoshli piyodani urib yuborgan. Bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda «lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda «bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.
O‘zbekiston, AQSh, Afg‘oniston va Pokiston Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etmoqdalar.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 478 nafar fuqaroda koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Germaniyada dushanbadan beri davom etayotgan yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 1,3 ming kishi bedarak yo‘qoldi, 50 dan ortig‘i halok bo‘ldi. Suv bosgan yo‘llar va vayron bo‘lgan ko‘priklar tufayli ba’zi aholi punktlariga hanuzgacha kirish imkoni yo‘q.
Ozarbayjondan O‘zbekistonga 50 ming dozadagi SOVID-19`ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu Angliya-Shvetsiya kompaniyasining vaksinasi ekanligi ma’lum qilindi.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifingda Turkiyani Afg‘oniston mojarosini hal etishga jalb qilish hamda Afg‘oniston qo‘shnilari sammitini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Shuningdek, tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda ishbilarmonlar va sayyohlar uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar, qolaversa, 500 mln dollarlik kelishuvlar ham imzolandi.
Yevropadagi toshqinlarda 48 ga yaqin kishining halok bo‘lgani, pandemiya sababli bolalar o‘rtasida muntazam emlashlar sonining kamaygani, MDHda COVID-sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalasining muhokamasi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning boshqa mamlakatlar yetakchilar bilan uchrashuvi, bloger Otabek Sattoriy ishi, Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilishi — “Gazeta.uz"ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston rahbari Ashraf G‘ani Toshkentdagi uchrashuvda afg‘on mojarosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning imkoni yo‘qligi ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishilishiga faol ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Gruziya jamoat transporti, ekologiyasi hamda svet va gaz tizimi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 5−6 yil davomida O‘zbekistonning yirik shaharlaridagi asosiy ikki muammo jamoatchilik makoni yo‘qligi va jamoatchilik transportidagi inqiroz. Bakirov Gruziyadagi islohotlarning O‘zbekistondagi bilan farqini ikkala mamlakatdagi elektr energiyasidagi holat bilan qiyosladi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. «Adolat» SDP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Sobir Axmedov va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida feldsher ishga qayta tiklandi.
Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar muhokama qiladigan maydonga aylanadi.
Dollarning rasmiy kursi 9,34 so‘mga pasaydi va jami 10 650,66 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi biroz pasaydi.
«Tolibon» harakati vakillari Kobulda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Afg‘oniston hukumatiga uch oylik muddatga o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Buning evaziga ular ilgari qo‘lga olingan harakatning 7000 jangarilarini ozod etishni talab qilishgan.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ta’kidlashicha, tashkilotlarda majburiy emlash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, u vaksina olmagan fuqarolarning erkini cheklash kerakligini aytdi. «Bizning ishonchimiz bilan vakolatli bo‘lgan hukumat, epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak», — deydi Alisher Qodirov. Avvalroq, deputat Rasul Kusherbayev ham «ommaviy emlashni ixtiyoriylikdan majburiylikka o‘tkazish kerakligi»ni ta’kidlagan edi.
Toshkentning markaziy ko‘chalari xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan delegatsiyalar sababli vaqti-vaqti bilan yopilmoqda. Ularga tutash ko‘chalarda katta tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Haydovchilarga navigatorlarga qarab harakatlanish, jamoat transporti yo‘lovchilariga esa manzilga borish uchun odatdagidan uzoqroq vaqt ketishini inobatga olish tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting