O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101 ming 722 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 197 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Elektr ta’minotidagi uzilishlarga 1−3 iyun kunlari qator hududlarda kuzatilgan kuchli shamol hamda havoning sezilarli isishi natijasida elektr energiyasiga talab oshgani sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.
“O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qolishi, sement importining hajmi oshishi, Maktabgacha ta’lim vazirligidagi tayinlovlar, Andijondagi yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar — “Gazeta.uz"ning 5 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijonda 100 gektar yer maydonini 135 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi direksiya bosh mutaxassisi, viloyat hokimligi bosh boshqarmasi g‘aznachisi hamda kompaniya rahbariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Ferkensco va «Gazprombank» o‘rtasida yangi kimyo majmuasini moliyalashtirish to‘g‘risida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
S&P Global Ratings agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi. Ushbu qaror tashqi qarz o‘sishining sekinlashgani, takomillashgan fiskal siyosat va islohotlar bilan bog‘liq. Agentlik, shuningdek, mamlakatning kredit reytingini yanada kamaytirishga xizmat qiluvchi omillarga ham to‘xtalib o‘tgan.
Hukumat qarori bilan respublikadagi 61 ta postda har kuni atmosfera havosi sifati, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha esa oylik kuzatishlar amalga oshirilishi belgilanmoqda. Hujjatda shuningdek, 1 dekabrgacha atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot bazasi shakllantirilishi belgilangan.
Buxoro viloyatida yangi gaz-kimyo majmuasi qurilishini moliyalashtirishga qaratilgan to‘rt tomonlama o‘zaro anglashuv memorandumi Jizzakh Petroleum va «Gazprombank» tomonidan imzolandi.
Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib Baxodirjon Onorboyev tayinlandi. Mazkur lavozimda ishlagan Kahramon Olimov esa boshqa ishga o‘tgani aytilmoqda. Vazirning yana bir o‘rinbosari ham o‘zgargan.
YUNISEF va IIV YHXBB Yu-Report loyihasi doirasida maktablar yaqinidagi yo‘llar xavfsizligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Aksariyat respondentlarning (Toshkentda — 60 foiz) maktabga olib boruvchi yo‘llarni xavfsiz emas deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning katta qismi maktabga piyoda boradi.
Sabzavotli somsa, turkcha pogacha, bananli non, qiymali ruletchalar — Zira.uz piknik uchun tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar retseptlarini taqdim etadi.
O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida sement importi hajmini ikki barobarga oshirdi. To‘rt oy ichida 50,5 mln dollarlik 1 mln tonna sement olib kirildi — sabablar va eng ko‘p sement import qilingan davlatlar.
Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sababli «O‘zbekneftgaz» korxonalari, gaz konlari va kompressor stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi. Bu holat magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamayishiga ham olib keldi.
Turli statistik ma’lumotlar, Shahrisabzdagi avariya, IIB xodimlarining ishdan bo‘shatilishi, pensiya va nafaqalar oshirilishi, 2000 va 20 000 so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishi — “Gazeta.uz"ning 4 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qorabog‘da mina portlashi natijasida uch kishining halok bo‘lgani, Facebook’ning siyosatchilarga berilgan imtiyozlarni bekor qilishi, AQShda 59 ta Xitoy kompaniyasining qora ro‘yxatga kiritilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Issiqko‘l viloyatiga safari chog‘ida mast haydovchi boshqargan avtomobil uning kortejiga urilib ketdi.
14 iyundan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.
Prezidentning tegishli farmoni bilan 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin koronavirusga qarshi emlandi. U “Sputnik V” vaksinasini qabul qilgan.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting