O‘zbekistonda 54 kishining koronavirus testi natijalari ijobiy chiqib, jami holatlar 6901 taga yetdi. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgani, 1 nafari ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. “Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini bekitadi deb”, — dedi vazirlik vakili.
Xotin-qizlarga ajratilgan qo‘shimcha grantni olish uchun ulardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ushbu hujjatlarni 24 iyundan 10 iyulga qadar qabul qilish rejalashtirilgan.
Telegram iOS tizimi uchun sinov versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” bu funksiyani sinab ko‘rdi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, bu yerga yig‘ilgan vatandoshlarni qutladi. Davlat rahbari Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda 92 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirgani aniqlanib, jami holatlar 6847 taga yetdi. Yangi kasallanganlarning 64 nafari karantin markazlaridagi xorijdan kelganlar bo‘lsa, 28 nafari Toshkentda (13 nafari aholi orasida) aniqlandi.
Darknetdagi forumlardan birida bir necha million Telegram foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar bazasi joylashtirilgan. Bazadagi ma’lumotlar telefon raqamlar va nikneymlar ko‘rinishida bo‘lgan. “Gazeta.uz” ushbu ma’lumotlar bazasini tekshirganda, unda 50 mingdan ortiq O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari mavjudligini aniqladi.
Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 2176 nafar bemordan 1939 nafarining ahvoli qoniqarli. 130 nafar bemorda pnevmoniya kuzatilyapti. Ayni paytda mamlakatda 60 mingga yaqin fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va qariyb 1,1 mln test sinovlari o‘tkazildi.
«Tashqi qarzlardan voz kechish kerak emas, ammo ularni milliy valyutada va iloji boricha xo‘jalik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish ma’qul» — Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov monetar siyosatda miqdoriy yumshatish instrumentini qo‘llash ma’qul ekanini bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paradda ishtirok etdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbekistonlik harbiylar ham ushbu tadbirda qatnashdi.
«U yerda [o‘zgartirishlarda — tahr.] aytilganlarning hammasini allaqachon qilish kerak edi». Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishini tilab, ularning dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi.
Hukumat qarori bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi. Grantda o‘qish uchun tavsiyanomalarning kimlarga va qanday berilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda kelgusi haftadan boshlab COVID-19 antitanachalarini aniqlash uchun aholi orasida testlar o‘tkaziladi. Buning karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun zarur ekani ta’kidlandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan Rossiyaga uchib kelgan delegatsiyasining ikki nafar a’zosida koronavirus infeksiyasi aniqlanigani sababli prezident Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etmadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari “xufiyona iqtisodiyot"ni legallashtrish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etishdi. Shuningdek, parlament a’zolari mamlakatda fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar.
Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Rossiya va Qozog‘iston davlatlari bilan muntazam parvozlarni tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
IIV Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jixod katibasi” terrorchilik tashkilotining 25 nafar a’zosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Qarshida yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning qulashi oqibatida bir nafar ishchi-xodim vafot etgan. Qutqaruvchilar to‘rt nafar fuqaroni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ilk bor onlayn tarzda o‘tkazilgan Apple kompaniyasining WWDC anjumanida yangi iOS 14 operatsion tizimi, Mac kompyuterlarining yangi protsessorlari, Big Sur operatsion tizimi va boshqa yangiliklar taqdim etildi. Endilikda Mac kompyuterlari uchun Apple ishlab chiqargan protsessorlardan foydalanilishi va Intel protsessorlaridan voz kechilgani ma’lum qilindi.
Koronavirus bemorlari soni 93 nafarga ortib, jami 6755 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida va 5 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting