Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.
Abduxakim Xojiboyev Alisher Shodmonov o‘rniga cog‘liqni saqlash vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Deputatlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi rahbar nomzodini ma’qulladilar.
O‘zbekiston bosh vaziri Qozog‘iston hukumati vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Qozog‘iston O‘zbekistonga bir qator takliflarni ilgari surdi.
O‘zbekistonda avtomobillarni mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini tugashidan oldin uzaytirish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, vaqtinchalik muddat tugagach, haydovchi murojaati bilan avtoturargohda saqlash vaqti uchun maxsus yig‘im undirilmasligi belgilanmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati tizimning isloh qilinmayotgani, darhol hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjudligi, xususan, oyliklar pastligi sababli oliy ma’lumotli va ko‘p yillik tajribaga ega xodimlarning boshqa sohalarga o‘tib ketayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, O‘zgidrometning vazifasi faqatgina ob-havo ma’lumotlarini berishdan iborat emasligi aytib o‘tildi.
AQSH Savdo vakolatxonasi O‘zbekistondagi ishchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlarni yakunladi va mamlakatning AQSHga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha bojsiz mahsulot jo‘natish huquqini saqlab qoldi.
Noma’lum shaxslar guruhi Avstriya poytaxti Venada hujum uyushtirdi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi vafot etgan, 18 kishi jiddiy jarohat olgan. Hujumchilardan biri qo‘lga olish paytida o‘ldirildi, qolganlari qochishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat kansleri ushbu hujumlarni «terakt» deb atadi.
Taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi.
Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Filialga qabul 2021−2022 o‘quv yilidan boshlanadi.
Koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichi 5 mingga yaqin o‘zbekistonliklarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, O‘zbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib olishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to‘xtatilgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilib, izoh berdi.
3 noyabr kuni AQSHda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlar nomzodi Jo Bayden kurashadi. Saylov jarayoni qanday kechadi, kimning ovozlari ahamiyatga ega, kim g‘olib bo‘ladi va qaysi shtatlar qanday nomzodlarga ovoz beradi — ushbu savollarga Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon To‘xtasunov oydinlik kiritadi.
Hukumat qarori bilan Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq instituti tashkil etildi. Muassasa qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlarga ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar beradi.
Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.
Moldovada prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi, Germaniyada karantin choralarining kuchaytirilishi, Black Star kompaniyasi bank hisoblarining bloklanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Samsung kompaniyasi rahbari vafot etdi, Starlink internetining sinovlari va natijalari, AMD kompaniyasining yangi videokartalari, Cyberpunk 2077ning qoldirilishi va boshqa texno-yangiliklar «Gazeta.uz» dayjestda.
2 noyabrdan Farg‘ona viloyatida haydovchilarning qoidabuzarligini onlayn tarzda foto va video kameralar orqali aniqlash boshlandi.
2021 yilda noturar va turar-joy binolari, shuningdek, yengil avtomobil va yuk mashinalari uchun ijaraning eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyatida dorixonadan tashqarida remdesivir dorisini 850 ming so‘mdan hisoblab, 200 qutisini 170 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Oldinroq JSST remdesivir dori vositasini COVID-19 ni davolashda samarasiz deb topgan edi.
547,2 ming dona pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Mercedes-Benz to‘xtatildi. Olib ketilayotgan mahsulotning taxminiy qiymati 38 mln so‘m deb belgilanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting