Samarqand shahrining Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1-qavatida portlash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q.
Navbahor tumanida navbatchi shifokorga tahdid qilib, unga haqoratomuz so‘zlar aytilgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Moskvada o‘tkazilgan boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev rossiyalik Maksim Churbanovni nokautga uchratdi.
Hukumat qarori bilan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qozog‘istonda muddatdan avvalgi prezident saylovi kuni yuzlab odamlar namoyishga chiqdi. Politsiya 500 nafarga yaqin kishi qo‘lga olinganini xabar qildi.
Toshkentning Chilonzor tumanida hasharotlarga qarshi dorilangan uydan keksa ayol va uning nabirasi o‘lik holda topildi.
Marg‘ilondagi «TRZ» nomi bilan mashhur bozorda yong‘in chiqdi. Olov 1575 kv. m. maydondagi qurilish konstruksiyalari va mol-mulklarga zarar yetkazdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimovmeksikalik Norberto Gonsalesni nokaut evaziga mag‘lub etdi.
O‘zbekistonda darsliklarni yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzurida Darsliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga 26 million so‘mlik 114 dona uyali yashirilgani fosh etildi.
Sloveniyada o‘tkazilayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «Ljubljana — Domžale — Ljubljana» xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Prezident farmoniga binoan 2020 yil 1 yanvardan tadbirkorlarni tugatish jarayonidagi ortiqcha hujjatlar qisqartiriladi.
Nukus shahridagi Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonidagi 1500 dona press somonlar g‘aramida yong‘in sodir bo‘lgani oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Octagon 12 turnirida braziliyalik Uda Pereyrani 1-raundda nokautga uchratdi.
Hukumat qarori bilan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi tashkil etildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan qiynoq qo‘llanilganini rad etdi. Ayblanuvchida qon-tomir kasalligi aniqlangan, biroq bu qamoqqa olishga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum qilindi.
GM Uzbekistan arzon avtomobil modellarini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular Shevrolet Onix sedani va yangi avlod Tracker krossoveri bo‘lishi mumkin.
Toshkentda 49 kishining ovqatdan zaharlanishiga sabab bo‘lgan Oqtepa Lavash mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘lida piyoda va yengil avtomobil yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
GM Uzbekistan 10 va 15 ming dollarlik arzon avtomobil modellarini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting