Samarqandda 75 ta turar joy, 84 ta noturar joy binolari shaharsozlik normalariga rioya etilmasdan qurilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba mudiri bo‘lib ishlagan Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning BAAdagi elchisi lavozimiga tayinlandi.
Ikki piyodaning umriga zomin bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchiga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov ikki qavatli «Polkushka» uylarining avariya holatidaligi va ularni buzish to‘g‘risidagi qarorning to‘g‘ri ekanini ma’lum qildi. U «Baynalmilal» mahallasidagi vaziyatga ham oydinlik kiritdi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Toshkent Fitch va Moody’s agentliklaridan kredit raqobatbardoshligi reytinglarini olishni rejalashirmoqda. Hokimiyat shaharni Markaziy Osiyoning moliyaviy poytaxtiga aylantirishni maqsad qilgan.
Toshkentning Amir Temur ko‘chasida buzilish xavfi ostidagi 45-uyning tarixiy qiymati maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.
Moliya vazirligida ikkita boshqarmaga yangi rahbar tayinlandi.
Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi yirik kiyim-kechak brendlarining O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi boykotini bekor qilish uchun «yo‘l xaritasi» taqdim etadi.
Firibgarlik yo‘li bilan pul-moddiy boyliklarni qo‘lga kiritgan ayol zararning 72 foizini qoplagani va voyaga yetmagani farzandi borligi sababli jazodan ozod bo‘ldi.
Bo‘stonlik tumanida 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor yoshlar o‘rtasida «Chimgan challenge» qishki sport turlari bo‘yicha yoshlar festivali tashkil etildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Germaniyaning «Detecon International GmbH» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Hafta o‘rtasida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, kechasi havo harorati -7 darajaga tushadi.
2019-yilda Toshkent metropolitenining 14 ta yangi stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
2002 — 2015 yillar orasida 38 millionso‘mlik aliment pulini to‘lamay yurgan kitoblik O‘ktam Elmirzayevdan zarur mablag‘ undirildi.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror imzolandi.
Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining I ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Urug‘chilik to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatga olish Toshkent YHXBdan Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting