Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Buxoro garnizoniga qarashli harbiy qismda to‘satdan tekshiruv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Kollejlar bazasida professional ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi.
Yakshanba kuni poytaxtda ikki kishining cho‘kib o‘lishi holati qayd etildi.
Toshkent shahri va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorlari poytaxtning sobiq hokimi qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqmagani uchun lavozimidan chetlashtirildi.
DXX raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
140 nafar O‘zbekiston fuqarosi 26 yil avval yopilgan qurilish texnikumini tugatganlik to‘g‘risidagi soxta hujjatlar sababli Finlyandiyadan chiqarib yuborilmoqda.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan jazirama issiq hafta oxirigacha saqlanib qoladi. Iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyul ekani ma’lum qilindi.
80 yoshli To‘xtamish Sultonov Davlat xizmatlari markazi orqali SamDU va TTA Termiz filialiga hujjat topshirdi.
Yangiyo‘l hokimi o‘rinbosari Alisher Usmonov shaharda buzilayotgan ikki qavatli uylarning ahvoli qoniqarsiz ekani, kuz-qish mavsumida bu uylarda davomli muammolar bo‘lishini ma’lum qildi.
Yangiyo‘lda besh qavatli «arzon» uylar qurilishi uchun shoshilinch ravishda ikki qavatli uylar buzilmoqda. Hokimiyat buzilayotgan uylarda yashayotganlarga ko‘chish uchun bir oy muhlat bera olmasligini ma’lum qildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «dorixona narkotiklari» savdosini tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» iyunda ushbu muammo haqidagi maqolani e’lon qilgan edi.
Toshkentning Shayxontohur tumanida yo‘l o‘rtasiga yugurib chiqqan to‘qqiz yoshli qizni mashina urib yubordi. Qiz hodisa joyida vafot etdi.
Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yaman deb 30 ming dollar olayotgan ayol ushlandi.
Toshkentda qurilayotgan Mirabad Avenue uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Olovni o‘chirishda oltita o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita avtozina qatnashdi.
Mudofaa vazirligiga qarashli barcha “Temurbeklar maktabi"da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida beshta yangi korxona ishga tushiriladi. Prezident zavodga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar bilan tanishdi.
1-avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.
«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti tafsilotlarini e’lon qildi. Joriy yilda kompaniya xorijga yetkazib berilayotgan gaz hajmini 15 mlrd kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.
Markaziy bank AQSH g‘aznachilik vekseli hamda boshqa davlatlar, jumladan Xitoyning qarz majburiyatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda, mamlakat zaxiralaridagi oltin ulushi esa qisqaradi.
Rustam Toshpo‘latov Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting