Andijondagi to‘rt qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 480 kv. m maydondagi tom konstruksiyasini yo‘q qildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga prezident tashrifi arafasida besh nafar ayolga kottej sovg‘a qilib, so‘ngra ularni chiqarib yuborgan mutasaddilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.
Hakam Ravshan Ermatov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti o‘rinbosari etib saylandi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimi vakant qolmoqda.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum va gilosni xalqaro fitosanitar talablariga rioya qilgan holda Misrga eksport qilish bo‘yicha kelishuvning tartib-qoidalari tasdiqlandi.
Bosh prokuratura davlatga xoinlik qilishda ayblanayotgan sobiq diplomat Qodir Yusupovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
O‘zbekiston prezidenti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi.
Bosh prokuratura DXXning sobiq rahbari Ixtiyor Abdullayev, uning birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. DXX sobiq rahbariyati ishiga jami 10 kishi jalb qilingan.
Shavkat Mirziyoyev SHHT majlisida mintaqaga doir dolzarb masalalarga e’tibor qaratib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirdi.
Yunusobod tumani 12-mavzesida daraxtlarning noqonuniy kesgan shaxs aniqlandi va ayni paytda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi navbatdagi majlisining asosiy tadbirlari boshlandi.
DSQ dori-darmon, kitob va gazetalar faoliyati bo‘yicha QQS imtiyozini qoldirib, qolgan barcha sohalar bo‘yicha QQS imtiyozini bekor qilish ko‘zda tutilayotganini bildirdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ibrohim Hojiyev propiska masala ham tartibga solinishini bildirdi.
AQSHda professional boksdagi dastlabki jangini o‘tkazgan Bektemir Meliqo‘ziyev argentinalik Martin Fidel Riosni nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
«Milliy tiklanish» Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari va partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimlariga saylandi.
Londonda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlari tarixida ilk bor tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Toshkent hokimiyati 1997 yilda tasdiqlangan amaldagi poytaxt gerbidan foydalanishga qaror qildi va uning yangilangan talqinini taqdim etdi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab direktorlari faqat jazolanadigan bo‘lsa, yaxshi kadrlar yo‘qotilishini bildirdi.
Navoiy shahridagi «Buyum» bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 170 000 000 so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan 18 yoshli qiz ushlandi.
Kuzda Hisor qo‘riqxonasida topilgan ikki bosh qor qoploni bolasi yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘ldi. Ular O‘zbekistonda topilgan ilk qoplon bolalari edi.
Oliy sud matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘ining Toshkent shahriga propiskaga o‘tish «lazeyka» bo‘lib qolgani haqidagi fikriga e’tiroz bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting