Yangiyo‘l tumanida «Kobalt"ning «MAZ-509A» yuk mashinasining yarimtirkama bortiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Elnur Abduraimov, Ravshan Umurzoqov va yana ikki o‘zbekistonlik professional bokschi Yekaterinburgda ringga ko‘tariladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab «O‘smirlar orasida semizlikka qarshi» tadbiri doirasida faol yurish bo‘yicha ommaviy tadbirlar tashkil etildi.
Bank kreditlari bo‘yicha hokimliklar tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Toshkentning Uchtepa tumanidagi to‘rtta maktab direktori kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va lavozim majburiyatlarini bajarmagani uchun vazifasidan ozod qilindi.
Tayloq tumanida profilaktika inspektori binoga egalik to‘g‘risidagi tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga kelishilgan 70 ming dollarning 60 ming dollarini olayotganda ushlandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonida neft stansiyalariga uchuvchisiz qurilmalar hujumidan tashvishda ekanini bildirdi.
Toshkentda 481 ta obyektda o‘tkazilgan xronometraj ko‘zda kechirish tadbirlari natijasida tushumlar miqdori oldingi kunlarga nisbatan 1,9 mlrd so‘mga oshdi.
AQSHning Valmont Industries, Inc kompaniyasi Toshkent viloyati dalalarida yomg‘irlab sug‘orish uskunalarini tajriba tariqasida o‘rnatadi.
XVJ rahbari Kristin Lagard O‘zbekiston Markaziy banki mustaqil bo‘lishi zarurligini ma’lum qildi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar aprel oyida o‘sdi, narxlar bunga qadar noyabrdan buyon o‘zgarmay kelayotgan edi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Adliya vazirligi maktablar va boshqa ta’lim muassasalari tomonidan ta’mirlash uchun o‘quvchi va o‘qituvchilardan pul yig‘ilishi noqonuniy hisoblanishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Andijon viloyatida 908 ta loyihani amalga oshirish, 1,7 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Asaka tuman obodonlashtirish bo‘limining ikki xodimi yo‘l yoqasidagi gullarni sug‘orayotgan vaqtda avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi, bir ayol shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting