Yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq kodeksi qabul qilinishi kutilmoqda.
Investorlar «Samarqandkimyo», «Elektrkimyozavod», «Jizzax plastmassa» va «Farg‘onaazot» korxonalaridagi davlat ulushini bozor narxlarida sotib olishlari mumkin.
Baxtiyor Umarov Davlat turizm qo‘mitasi rahbari lavozimidan ozod qilindi.
Yunusobodning 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda «Business city» quriladi.
Rustam Iskandarov «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining moliya, marketing va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida metropoliten qurilishi ishlari bilan tanishdi.
Qish va bahor mavsumiga 222,4 ming tonna kartoshka, 120,7 ming tonna piyoz va boshqa mahsulotlar zaxira qilib qo‘yiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.
Iordaniyada kuchli yomg‘ir vaqtida O‘lik dengiz yaqinida maktab avtobusini suv oqimi olib ketdi, 18 kishi halok bo‘ldi.
Yettita tuman ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliqlar tayinlandi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib berish bo‘yicha Germaniyaning «JAKO» kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Markaziy bankning yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha e’lon qilgan tanlovida «Humo» nomi 45,3% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Moliya vazirligida ijro intizomini nazorat qilish dasturi joriy etildi, endi barcha hujjatlar elektron tizim orqali harakatlanadi.
DXX xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini ushlab, mamlakatga qaytardi.
Umra safariga boruvchi ziyoratchilarning sonini belgilash bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.
9 oy davomida 4655 haydovchiga avtotransport vositasini mast holda boshqargani uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 33583 kishi haydovchilik huquqidan mahrum etildi.
Shuhratali Imomov Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Turkiyaning Tasyapi kompaniyasi Galabuloq va Qushtepa oltin konlarida geologik razvedka va o‘zlashtirish ishlarini olib boradi.
Efiopiyada ilk bor ayol kishi — diplomat Saxle-Vork Zevde prezident lavozimiga saylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting