Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi o‘z faoliyatini boshladi.
Paraosiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shirin Sharipov oltin, Shuhrat Boboyev kumush, Feruza Yusupova va Sharif Xalilov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
«Toshshahartransxizmat» xodimasini haqorat qilgan Damas haydovchisi uch kun muddatga ma’muriy qamoqqa olindi.
Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Jizzax xududlaridagi Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilib, obyektlarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.
Rossiyaning «Silmash» konserni Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining oltita energoblokini modernizatsiya qilib, ularning quvvatini 1950 MVtga yetkazadi.
Fransiyaning Veolia kompaniyasi 25 yil davomida Toshkentda ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlash hamda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida Nexia-2 va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlandi.
Paraosiyo o‘yinlarida Vasila Alibayeva va Temurbek Giyazov oltin, Sabina Suxanova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Buvayda tumanidagi 6-, 20-, 34-, 43-, 44-, 48-, 50-maktablarda bir necha yillardan buyon toza ichimlik suvi muammosi bor.
Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
18−20 oktyabr kunlari Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi va Moskva kunlari bo‘lib o‘tadi.
Hukumat qarori bilan alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Parijdan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi.
Paraosiyo o‘yinlarining uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Parijdagi Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Pop tumanidagi qo‘riqlanadigan temir yo‘lda «Damas» avtomashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, yuk poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etishi natijasida ikki kishi vafot etdi.
Namangan viloyatida poyezd va Damas avtomobili to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting