JICA O‘zbekiston davlat muassasalarining yoshxodimlarini yapon OTMlarida o‘qitish uchun 2,3 mlndollar grant ajratdi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida o‘zgarishlar yuz berishi, «Uzbekistan Tourism Industry Awards» mukofoti ta’sis etilishi kutilmoqda.
Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi UZ domenida yangiliklar agregatorini ishga tushirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi avtomobil yo‘l o‘tkazgichi ochildi, ikkita piyodalar ko‘prigi ham qurildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi aeroportlarda faoliyat olib boruvchi xodimlar liboslarini yangiladi, endi ularda pogon bo‘lmaydi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.
Shukurov Elbek Habibullayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev Toshkentning Yunusobod tumanidagi tungi klubda pichoqlanishi natijasida olgan jarohati sababli vafot etdi.
Samarqand viloyatida «bunker» tashkil etgan firibgarlar guruhi qo‘lga olindi.
Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatida boshqarmalarning 14 nafar rahbari almashtirildi, mahkama kadrlar tarkibini yangilamoqda.
O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qaroriga ko‘ra 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.
O‘zbekistonga Xitoydan sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar va sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchi olib kelinadi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida «Maqom muzeyi» faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish uchun vodiyga yo‘l olgan Kun.uz muxbiri faoliyatiga to‘sqinlik qilingani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tibbiyot majmuasini qurish uchun materiallar, maxsus texnikalar va uskunalar ortilgan avtokolonna Tojikistonga yo‘l oldi.
AKT vaziri Azim Axmedxodjayev vazifasidan ozod qilindi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Shuhrat Sodiqov AKT vazirligiga rahbar bo‘ldi.
Maxsum Mahmudov yana UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting