Bokschi Isroil Madrimov Indoneziyada o‘tkaziladigan XV Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori bo‘ladi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida 7657 ta ko‘p qavatli uyning tom va kirish yo‘laklari ta’mirlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida 17 kishi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
Prezident maktab o‘quvchilarini identifikatsiyalash hamda ularni sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot va boshqa tizimlar bilan bog‘lashga topshiriq berdi.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston YAIM hajmi 4,9 foizga o‘sib, 152,5 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining qabul rejasi va 17−19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ijodiy imtihonlari haqida ma’lumot berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasiga yangi rais saylandi.
O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimining ikki kunlik faoliyati davomida xorijiy fuqarolardan qariyb 200 ta murojaat kelib tushdi, 31 ta viza berildi.
O‘zbekiston eksport tuzilmasida xizmatlar, importda esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
Toshkent viloyatida aholining ekologik xabardorligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan Axborot-resurs markazining ochildi.
Maktablarni qurish va ta’mirlash ishlari «nopok» pudratchilardan maxsus Injiniring kompaniyasiga o‘tkaziladi.
Hindiston kompaniyasi Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida esa 1000 gektarlik intensiv bog‘lar barpo etishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlaganlar 7 foiz, o‘qituvchilar orasida esa 3 foizni tashkil etishini keskin tanqid qildi.
Prezident o‘qituvchilar oyligini oshirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, o‘quv standartlari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatlari fosh etildi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda va bu to‘qimachilik sanoatining tiklanishiga yordam berishidan umid qilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan 27 iyulga qadar Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi.
Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 13 medalga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol sportchi jahon chempioni bo‘ldi.
«Biznes laboratoriyasi» O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etadi.
Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi iste’foga chiqarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting