Toshkent viloyatining yirik trassalarida fotoradarlar ishga tushiriladi. M39 yo‘lining Sirdaryoga ketish qismida sinov tariqasida qayd etish uskunasi ishga tushdi.
Adliya vazirligi davlat boji va boshqa notarius xizmatlari uchun onlayn to‘lovni joriy etdi.
O‘zbekiston futzalchilari Osiyo chempionati guruh bosqichini Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratish bilan boshladi.
2017 yilda Toshkent metropoliteni foyda bilan chiqdi. Yo‘lovchi tashish hajmi esa 0,2 foizga o‘sdi.
Moliyaviy piramidaga asos solgan Ahmadjon Tursunboyev faoliyatidan jabrlanganlarga 100 dan ziyod avtomobil qaytarildi.
Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshiriladi.
Hafta oxirida O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ib, kunduzni haroratning tushishi kutilmoqda.
Toshkent viloyatida uy sharoitida noqonuniy ravishda saqlab kelinayotgan Afrika sheri topildi.
Shaharni planlashtirish bo‘yicha taniqli rossiyalik mutaxassis Arkadiy Gershman O‘zbekiston shaharlari infratuzilmalari holatini o‘rganib, o‘z tavsiyalarini beradi.
Prezident Virtual qabulxonasining yangi talqinida fuqaroning shaxsiy kabineti, onlayn maslahatchi, davlat organlari rahbarlariga murojaat va shikoyat sababli ta’qib haqida xabar qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston joriy yilda to‘qqiz belgili telefon raqamlariga o‘tadi — raqamlarga hududning (operator) ikki belgili kodi bilan terish kerak bo‘ladi.
Maxsus xizmat doirasiga kirmaydigan vazifalar bilan shug‘ullanadigan MXX bo‘linmalari tugatiladi.
MXXning sobiq rahbari Rustam Inoyatov O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Prezident devonining Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish xizmati bosh maslahatchisi bo‘lib ishlagan Adham Ismoilov Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
30 yanvar kuni Toshkentdagi tibbiyot muassasalariga 20 nafardan ziyod boshpanasizlar olib borildi. IIBB isinish va tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Rustam Inoyatov Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimini tark etdi. Ushbu lavozimga Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga bungacha DSQ raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Abdusalom Yuldashev rahbar bo‘ldi.
Ichimlik suvining yetishmovchiligi, qurilishi tugallanmagan tug‘ruqxona majmuasi, temir yo‘lning yo‘qligi — Qashqadaryo viloyati tumanlari aholisi Prezidentga o‘z muammolari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasi ochilishida ishtirok etib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting