Davlat organlari aholiga «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyili asosida xizmat ko‘rsatadi. Uch yil ichida Davlat xizmatlari markazlari 60 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Prezident raisligi ostida o‘tgan yig‘ilishda 2018 yil birinchi yarmida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
Yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish zarurligi ularning ko‘proq YTH sodir etayotgani bilan asoslanmoqda. Haqiqatdan ham shundaymi?
Slovakiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda.
Olmazor tumaning sobiq hokimi Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tuman hokimi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchi qiz Meksikada paralimpiyachilar o‘rtasida pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Toshkent IIBB bayram oldi va bayram kunlarida shaxsiy tarkib, maxsus texnika va transport vositalari shayligini ko‘rikdan o‘tkazdi.
Bioorganik kimyo instituti direktori Shavkat Solihov Xitoy Fanlar akademiyasining xorijiy a’zoligiga saylandi.
Ashxobodda «Markaziy Osiyo davlatlari — Afg‘oniston» (S5+1) yangi konsultativ formati muhokama qilindi.
Yil boshidan buyon IIV tuzilmalari tomonidan korrupsiya bilan bog‘liq 1300 dan ziyod jinoyat fosh etildi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Istanbulda o‘tkaziladigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibi bo‘yicha fikr almashdi.
11 oy davomida poytaxtda jinoyatchilik darajasi 15 foizga — 14483 tadan 12302 taga kamaydi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 13−14 dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
YUNESKO atlas va adras tayyorlash texnologiyasini insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi.
Xivada sayyohlar uchun diqqatga sazovor maskanlar haqida axborot olishga mo‘ljallangan QR-kodlardan foydalanish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalashni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent hokimiyatlariga topshirish taklif qilinmoqda.
Venada o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Yevropa ipak forumida ipakdan tayyorlangan an’anaviy va zamonaviy liboslar namoyish etildi.
Toshkentdagi Yuriy Gagarin ko‘chasini xarid va mazali iste’mol qilish mumkin bo‘lgan turistik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Poytaxtning Chilonzor tumanida yo‘lga otlangan tuyalar karvoni ko‘rinishidagi 700 metrlik installyatsiya o‘rnatildi.
O‘zbekistonda ilk bor Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni nishonlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev soha xodimlari anjumanida so‘zga chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting