Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va jala yog‘ishi kutilmoqda.
O‘zbekiston oliygohlari joriy yildan boshlab to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha qabullarni amalga oshiradi.
Prezident 2017−2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.
Farg‘ona issiqlik elektr markazi quvvati modernizatsiyadan so‘ng 24 MVtga ortadi.
«Bunyodkor» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Sergey Lushan o‘rniga Mirjalol Qosimov tayinlandi.
O‘zbekistonning olti hududida farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi.
Yil boshidan buyon sel, suv toshqini va ko‘chki xavfi ostida yashayotgan 696 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi.
Surxondaryo viloyatida «Boysun bahori» Xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Kinematografiyani rivojlantirish markazi kinoprokatni rivojlantirish, kinofestivallar tashkil etish, seriallar tayyorlash va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo qit’a chempionati yarim finaliga birgina yo‘qotish bilan yetib keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida zamonaviy talablarga muvofiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilanadi.
Nukusda sayg‘oqlarni noqonuniy ovlash muammosiga e’tibor qaratish maqsadida marafon tashkil etildi.
Sobiq Oqsaroy qarorgohi hududida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti haykalini o‘rnatishga tayyorgarlik boshlandi.
O‘zbekistonda xorijda muxbirlik punktlari bo‘lgan, yangi formatdagi yangiliklar jurnalistikasi asosida ishlaydigan telekanal ishga tushiriladi.
YHQni buzganlik uchun jarimalar mavjudligini tekshirish sayti sinov rejimida ishga tushdi, biroq undan hozircha faqat UMS abonentlari foydalana oladi.
Uch oy davomida 100 mingdan ortiq shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi.
O‘zbekistonga Janubiy Qozog‘iston viloyatidan «Do‘stlik karvoni» yetib keldi.
O‘z turar joyiga ega bo‘lmagan urush faxriylari uchun 9 mayga sovg‘a sifatida tomorqali uy va kvartiralar beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting