2023-yili YouTube`da o‘zbekistonlik kontent mualliflari sezilarli faollashgani munosabati bilan “Gazeta.uz” tahririyati yil yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Shu ishning mantiqiy davomi sifatida YouTube`da fevral oyida chiqqan videolar bo‘yicha ham kichik sarhisob tayyorlandi.
Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.
Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Xorazmda qiymati 10 milliard dollardan ziyod yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishini ma’lum qildi. “Bu loyiha ishga tushsa, 3 mingta ish o‘rni yaratiladi, yiliga 2,4 million tonna yuqori qo‘shilgan qiymatli polimerlar ishlab chiqariladi”, — dedi prezident.
Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.
Dam olish kunlari aksariyat viloyatlarda bulutli ob-havo bo‘ladi, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi. Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.
O‘zbekiston Markaziy banki 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ipoteka va avtokreditlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirmoqda. Qarz oluvchilarning kredit riskini baholash uchun yangi indikator joriy etilmoqda.
Buxoro shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushdi, bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonaga yuborildi.
Alerte Héritage tashkiloti Buxoroda sayyohlik markazi qurilishi uchun bino va inshootlarni “ommaviy” buzishni to‘xtatishga va rasmiylarni kelgusi rejalarini jamoatchilikka ma’lum qilishga chaqirdi. U ommaga e’lon qilingan yangi qurilish loyihasini “har jihatdan halokatli” deb atamoqda.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qildi. U 21−24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.
1−7-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.
Chevrolet Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix kabi modellarga bahorgi chegirmalarni taqdim etdi. Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida ham sezildi.
Ukraina yozgacha Rossiyaning hujumi tezlashib, Ukraina armiyasida o‘q-dorilar yetishmasligi sharoitida Kiyev mudofaasini yorib o‘tishi mumkinligidan xavotirda, deb yozdi Bloomberg.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urush natijasida anklavda halok bo‘lganlar soni 30 mingdan oshgan, 70 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Buxoroda vafot etgan hindistonlik talaba, Amudaryoda ochilgan yangi ko‘prik, Nurafshonda quriladigan Zulfiya Zokirova haykali, eng kuchli shaxmatchilar 10 taligiga kirgan Nodirbek Abdusattorov va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchi birinchi sinfga dars o‘tayotgan vaqtida avval o‘quvchi bolani, keyin esa qizni kaltakladi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting