Arxiv

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
15 mart 2023, 09:55

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

O‘ta yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan shaxs Latviyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Xabarlarga ko‘ra, u o‘zini AQSh elchixonasi xodimi sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijga chiqishga ruxsat olishda o‘z xizmatlarini taklif qilib kelgan.

Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytiriladi — O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi
15 mart 2023, 09:15

Prezidentlik muddati 7 yilga uzaytiriladi — O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi

Parlament tomonidan ma’qullangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda. Avvalroq Konstitutsiya yangilanganidan keyin prezident va qator boshqa mansabdorlar ham xuddi shu lavozimlarga qayta saylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 mart 2023, 23:29

Jahon yangiliklari dayjesti

Ko‘cha tozalovchilar ish tashlagani uchun Parij ko‘chalari chiqindiga to‘lgani, Tailanddagi elektr stansiyasida radioaktiv modda bo‘lgan quvurning yo‘qolib qolgani, Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz ustida Amerika razvedkachi «dron»ini urib tushirgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchining hukmlari 17 mart kuni e’lon qilinadi
14 mart 2023, 22:38

Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchining hukmlari 17 mart kuni e’lon qilinadi

O‘tgan yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukmlar 17 mart kuni e’lon qilinadi.

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 mart 2023, 22:00

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydagan Shavkat Mirziyoyev, Konstitutsiyaviy qonunni referendumga qo‘yishni ma’qullagan Senat, AYOQSHlarda Ai-92 benziniga 7500 so‘mlik chegirma, YPX xodimlari haqida video olgani uchun qamalgan jizzaxlik fuqaro va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Prezident Surxondaryoda shanba-yakshanbani «ota-onalarning farzand qabul kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi
14 mart 2023, 20:46

Prezident Surxondaryoda shanba-yakshanbani «ota-onalarning farzand qabul kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi

O‘zbekiston prezidenti ota-onalar majburiyatini oshirish maqsadida Surxondaryo tajribasi sifatida shanba-yakshanbani «ota-onalarning farzand qabul kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi.

Rossiya don shartnomasini 60 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi
14 mart 2023, 19:27

Rossiya don shartnomasini 60 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi

Rossiya Ukraina, Turkiya va BMT bilan don shartnomasini 60 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi. Mazkur bitim 2022 yil iyul oyida tuzilgan va noyabr oyida uzaytirilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi
14 mart 2023, 19:10

O‘zbekiston prezidenti Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi.

Toshkentda qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi
14 mart 2023, 18:20

Toshkentda qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi

Toshkentda kuzatilgan uzluksiz yog‘ingarchiliklar tufayli Olmazor tumanidagi qariyalar uyining devori qulab tushdi. Hodisada hech kim jabrlanmadi. Faqatgina devor oldida turgan Nexia 3 avtomobili shikastlangan.

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo‘yishni ma’qulladi
14 mart 2023, 17:08

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni referendumga qo‘yishni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi. Qonun uch kun ichida matbuot va boshqa OAVlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Konstitutsiyaviy sud qarorida Konstitutsiyaning yangi tahriri mansabdor shaxslarga qanday qo‘llanilishi tushuntirildi
14 mart 2023, 15:54

Konstitutsiyaviy sud qarorida Konstitutsiyaning yangi tahriri mansabdor shaxslarga qanday qo‘llanilishi tushuntirildi

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining qarorida referendumda qanday savolga javob berish so‘ralishi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Konstitutsiya yangilangandan so‘ng, davlat amaldorlari ushbu lavozimlarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda saylanishi va tayinlanishi mumkinligi tushuntirildi.

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
14 mart 2023, 15:18

Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Andre Karstens Niderlandiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlandi. TIVda uning ishonch yorliqlari qabul qilindi.

Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi
14 mart 2023, 14:59

Uzbekistan Airways yoshlar uchun mahalliy qatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways 23−31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan taqdim etilmoqda.

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi
14 mart 2023, 14:32

Shoir va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi. Adib “Mening bola qalbim”, “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar”, “Umidli dunyo” kitoblari muallifi hisoblanadi. “Gunoh” romani mustaqillikning 17 yilligida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi
14 mart 2023, 14:19

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi

O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
14 mart 2023, 14:08

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qoniqarsiz ishlagan davlat idoralari ma’lum qilindi
14 mart 2023, 13:03

Korrupsiyaga qarshi kurashishda qoniqarsiz ishlagan davlat idoralari ma’lum qilindi

Ekspertlar Suv xo‘jaligi, Energetika vazirligi hamda Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini qoniqarsiz deb baholadi. Bunga rahbarlarning ushbu yo‘nalishda shaxsiy tashabbusi yetarli emasligi ham sabab bo‘lgan. Eng yaxshi natija Soliq qo‘mitasida qayd etildi.

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi
14 mart 2023, 12:50

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi
14 mart 2023, 12:45

O‘zbekistonda elektr, gaz yoki vodoprovodga noqonuniy ulanish o‘g‘irlik etib belgilandi

Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV
14 mart 2023, 11:12

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV

Tarmoqlarda jizzaxlik ikki fuqaro YPX xodimlari haqida suratga olgan hazilomuz video tarqaldi. IIV ma’lum qilishicha, ularning biri 15 sutka, boshqasi esa 10 sutkaga qamaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting