Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» shuningdek, Rossiya bilan gaz bo‘yicha muzokaralar olib borilishini aniqladi.
Respublikaning 3 ta viloyatida odamlar o‘limi bilan bog‘liq YTHlar sodir bo‘ldi. Ularda 3 kishi halok bo‘ldi.
Qurilish vazirining aytishicha, Buxoroda turizm markazi qurilishi hali loyiha. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar loyihani amalga oshirishga qaror qilgan — binolarni xatlovdan o‘tkazilmoqda, YUNESKO bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda, shuningdek, aholiga tovon puli to‘lash rejalashtirilgan.
Yunusobod tumanining 11 dahasidagi 26, 27, 29, 30 uylar qariyb 18 soatdan beri «svet», gaz va issiqlik ta’minotidan uzilgan. Bu holat ko‘plab boshqa uylarda ham kuzatilmoqda. 1 sutkadan beri elektr energiyasisiz o‘tirgan yunusobodliklar tuman hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida yig‘ildi.
O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari 2023 yil 13 yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi. Ushbu qaror noqulay ob-havo sharoiti va yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ular budjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.
Sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz «glintveyn» ichimligi, shirchoy, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy issiq ichimliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
13-yanvar kuni Oliy Majlis Senati a’zosi, shoira Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi. U 2004-yili “Do‘stlik”, 2009-yili “El-yurt hurmati” ordenlari, 2016-yili esa “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlangandi.
Litsenziyasi bekor qilingan «Quramax Medisal», 15 yanvarga qadar davom etadigan sovuq havo, Qozog‘istonda avtobusdan yana 31 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingani, poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritilishi, Toshkentda 17 ta avtomobil to‘qnashgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
«O‘ztransgaz» kompaniyasi aholi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar va qozonxonalarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida har qanday ulgurji iste’molchilarga, xususan, AGTKSHlar va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gaz ta’minoti to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlat rahbari safarbarlik sohasidagi tayyorgarligi va hududiy mudofaasini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi. U harbiy aviatsiya va HHM tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
«Gazeta.uz» reportaji tufayli Toshkentdagi «Xast imom» mahallasida gaz bosimi muammosi hal etildi. Bu haqdagi xabardan so‘ng tahririyatga shunga o‘xshash vaziyatda yordam so‘rab murojaatlar kela boshladi. Biz har bir holatni batafsil yoritolmaymiz, ammo o‘quvchilardan kelgan murojaatlarni e’lon qilishga tayyormiz.
Lot Polish Airlines aviakompaniyasi Polshadan O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Birinchi yo‘lovchi charter reysi 10 martga mo‘ljallangan. Reyslar har 10 kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Senatorlar, yuqori palata mas’ul xodimlaridan iborat guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganishni boshladi. Aslida hukumat qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan barcha tashkilotlar ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishi kerak edi.
13, 14 va 15 yanvar kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi «Afrosiyob» elektropoyezdlari qatnovlarining 3 ta reysi kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli bekor qilinadi.
Poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz bosimi pasayishi ortidan isitishda muammolar kuzatilyapti. «Veolia Energy Tashkent» MCHJ shahar aholisini vaziyatni tushunishga chaqirib, holatni yaxshilash uchun zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida “Quramax Medical” MCHJga berilgan litsenziyani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Sud qarori bilan litsenziya bekor qilinishi va qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari muomaladan chiqarilib, yo‘q qilinishi belgilandi.
Buxoro shahrida oilaviy korxona rahbari bankning sobiq mas’ullari bilan kelishib, kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mehmonxona binosini qayta qimmatroqqa garovga qo‘ygan. Qo‘shimcha bino qurish uchun yana kredit olib, jami 1,3 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
«Hududgaz Poytaxt» korxonasi «Gazeta.uz»da e’lon qilingan materialdan so‘ng «Xast Imom» mahallasida gaz bosimi oshirilganini ma’lum qildi. Kompaniya mutaxassislari gaz taqsimlash shoxobchalari va xonadonlardagi gazdan foydalanuvchi uskunalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib, nosozliklarni bartaraf etgan.
Toshkentda 2018 yildan beri poytaxt IIBB tashabbusi bilan ochilgan uysizlar uchun markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari ushbu «Mehr-saxovat uyi»da bo‘lib, bu yerda ayozli kunlarda odamlar soni ko‘payishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani va markaz nimalarga muhtojligini o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting