So‘nggi yillarda O‘zbekistonda savdo balansi defitsiti ortib bormoqda. Mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hajman qisqarishi xavfi kuchaymoqda, O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri Rossiyada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning ushbu mamlakatga eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Iqtisodiyot fanlari doktori, JIDU professori Nishonboy Sirojiddinov O‘zbekistonning yaqin kelajakdagi makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash imkonini beruvchi iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini tahlil qiladi.
O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i yillik iste’molining taxminan teng yarmi import hisobidan qoplanadi. Bunday sharoitda global bozorda yuz berayotgan har qanday tebranishlar ichki bozordagi narxga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo bo‘yicha jami o‘simlik yog‘i eksportining 64% ini ta’minlovchi Ukraina va Rossiyadagi siyosiy-iqtisodiy vaziyat jahon bozorida, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxlarining keskin o‘sishiga olib kelishi mumkin, deydi iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev.
20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» zakovatchilar bilan intervyuning navbatdagi qismida «Zakovat» bilimdoni, UzQuiz asoschisi va boshlovchisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbatni taqdim etadi. U klubga qanday a’zo bo‘lgani, «Zakovat» o‘yini boshlovchisi sifatidagi tajribasi va kitoblarning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirdi.
Korrupsion sxemalarning davlat, jamiyat va tadbirkorlikka yetkazadigan zarari mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. TDYUU «Biznes huquqi» kafedrasi mudiri Xusain Radjapov davlat xaridlarida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion sxemalarni tahlil qildi va ushbu qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova iqtisodchilar Behzod Hoshimov, Botir Qobilov va Otabek Bakirovning Toshkent investitsiya forumidagi uning nutqi yuzasidan fikr-mulohazalari bildirilgan “Gazeta.uz” materialiga javob qaytardi. “Darslikdagi normalar hech bir davlatda bevosita ishlamaydi”.
2021 yilning oktabr oyida prezident qarori bilan go‘sht va kartoshka mahsulotlari realizatsiyasi va importi QQSdan ozod qilingan edi. Ushbu soliq imtiyozlari natijasida qisqa muddatga savdoning erkinlashuvi ichki bozorda narx o‘sishining nisbatan sekinlashishiga xizmat qilgan. «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev importga to‘siqlarning bekor qilinishi import xarajatlarini qisqartirishini va iste’molchilarni boyroq qilishini ta’kidlaydi.
Qanday qilib Scopus bazasidagi jurnallarda (va yuqori impakt-faktorli jurnallarda) maqola e’lon qilish talabi O‘zbekistonda keng ko‘lamli firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik va ilm-fanni tahqirlashga olib keldi — bu haqda faylasuf va antropolog Valeriy Xan maqolasida. Maqola avval e’lon qilingan «Hamma SCOPUS`da maqola chiqarsin!» maqolasining davomidir.
2021 yilda ichki iste’molchilarga avtomobil yetkazib berilishi bir necha marotaba kechiktirilgan bo‘lsa-da, avtomobil eksporti sezilarli darajada oshgan. «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev avtomobillar importiga to‘siqlarni kamaytirish milliy iqtisodiyotga qanday foyda keltirishi mumkinligi va milliy avtomobilsozlik nima sababdan himoya qilinishi haqida fikr yuritadi.
«Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov nogironligi bo‘lgan insonlarni boshqalarda shukronalik hissini uyg‘otish maqsadida vosita sifatida ishlatishni qoraladi. «Boshqa insonlarning nogironlik holatini ko‘rib, ilhomlanish qanchalik insoniylik fazilatlarimizga to‘g‘ri keladi?», — deydi u.
Avtomobilsozlik sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar iste’molchilarga foyda keltiradimi? «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning fikricha, import bojlarining pasaytirilishi ichki bozorga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat eng boy aholi manfaatlariga xizmat qiladi. Iqtisodchi jamiyat haqiqiy foyda ko‘rishi uchun savdoni erkinlashtirish muhimligini ta’kidlaydi.
Bir necha yillardan buyon ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, universitet o‘qituvchilari hamda doktorantlardan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish talab qilinmoqda. Ularsiz doktorantlar attestatsiyadan o‘tmaydi, o‘qituvchilar esa ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilinadi. Nima uchun bu talablar asosli emas va bu mahalliy ilm-fan rivojiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi — «Gazeta.uz» kolumnisti, faylasuf va antropolog, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Valeriy Xan bu haqda fikr yuritadi
Proteksionizm har doim ta’kidlanganidek, yomon va zararli qaror. Uning qanchalar zararli ekanligini 2020−2021 yilgi shakar bozoridagi tendensiyalardan ham ko‘rish mumkin. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish iste’molchilarning kambag‘allashishiga olib kelishi haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev maqolasida.
Miloddan avvalgi VI asrdan XX asrga qadar zamonaviy O‘zbekiston hududida yigirmadan ortiq davlatlar hukm surgan. «Gazeta.uz» geacron.com tarixiy xaritalar platformasiga asoslanib, O‘zbekiston hududida asrlar osha hukmronlik qilgan davlatlar xaritasini taqdim etadi.
So‘nggi yillarda o‘qituvchilarning oylik maoshlari boshqa soha vakillarining oyligiga nisbatan sekinroq o‘sgan, natijada ta’lim sohasi vakillari jamiyatning boshqa vakillariga nisbatan kambag‘allashgan. «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev o‘qituvchilarning real daromadlari qanday kamayib borganligi va buning oqibatlari haqida.
2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo defitsiti 8,8 mlrd dollarga yetdi. Ayrimlar import hajmining eksportdan yuqori bo‘lishini iqtisodiyot uchun xatarli deb hisoblaydi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev defitsitni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladigan har qanday choralar uning oshishidan ko‘ra xatarliroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Soliq qonunchiligidagi yangiliklar qanday qilib elektron hisob-fakturada kompaniya faoliyatining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi sirli ustunning paydo bo‘lishiga olib kelganligi, ushbu ustunning qonun hujjatlariga qay darajada muvofiqligi va QQS to‘lovchilari duch kelayotgan boshqa ma’muriy muammolar haqida Vladimir Srapionov yozadi.
Ta’limni yuqori bosqichga ko‘tarish va malakali kadrlar tayyorlash uchun mamlakatda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining o‘zi yetarli emas. Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishda institutsional omillardan tashqari, ota-onaning ma’lumoti va daromad darajasi, ular tomonidan bolalarga ajratilgan vaqt, oilaviy muhit hamda boladagi ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova — ta’limdagi tengsizlikka ta’sir qiluvchi omillar haqida.
O‘tgan haftada OTMlarga kirish test sinovlari tartibini yana o‘zgartiruvchi yangi qarorlar qabul qilindi. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov taklif etilayotgan yangiliklarni umumxalq muhokamasidan o‘tkazish hamda o‘zgarishlarni ilmiy asoslash zarurligi to‘g‘risida yozadi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston texnologiyalarda ancha qolib ketganligini ta’kidlab, buni aeroport terminali zinali qurilganligi va yaqin o‘tmishda tramvaylardan voz kechilganligi bilan tushuntirib berdi.
Tinch namoyishlarning ommaviy tartibsizliklarga aylanishi dialog tuza olmagan jamiyat va hokimiyat o‘rtasida chuqur jarlik mavjudligini anglatadi. Xalqaro munosabatlar sohasi mutaxassisi Yuriy Saruxanyan Qozog‘istondagi siyosiy inqiroz haqida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting