Koronavirus bilan og‘rigan bemorlar endi xususiy tibbiyot muassasalarida davolanishlari mumkin. Import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etiladi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorga 5 metr masofada yaqin kelgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradigan mobil ilova ishlab chiqildi.
Turkmanistonda masjidlar, cherkovlar va boshqa ibodat muassasalari hamda ziyoratgohlar profilaktika maqsadida vaqtinchalik yopildi. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan JSST rasmiy delegatsiyasi Turkmanistonda COVID-19 bilan bog‘liq holatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yana 204 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 15 mingtaga yaqinlashdi. Yangi holatlarning 126 tasi poytaxtda, 34 tasi Toshkent viloyatida aniqlandi.
Toshkentda 6 iyulda koronavirus alomatlari paydo bo‘lgan 53 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 73 nafarga yetdi.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dexkanov vafot etganini, hamda unda COVID-19 infeksiyasi aniqlanganini ma’lum qildi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda prezident topshirig‘iga binoan 103 raqamiga telefon qilinganda band bo‘lish holatiga chek qo‘yiladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib kelishi va COVID-19 ga test natijalarini uzog‘i bilan bir kunda chiqarilishi ta’minlanadi.
Vafot etgan yana bir nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.
Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 14787 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (53), Toshkent shahrida (101) Surxondaryo viloyatida (35) va Qoraqalpog‘istonda (17) qayd etildi. Shu bilan birga, COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 72 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlandi. Yangi holatlarning 200 tasi karantin muassasalarida, 291 tasi — COVİD-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar va 5 tasi aholi orasida qayd etildi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasini keskin buzganligi ta’kidlandi.
O‘zbekistonda yana 173 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar 14466 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari, Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli pskentlik bemor (erkak kishi) o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 69 nafarga yetdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.
Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 68 nafarga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni 208 nafarga ortib, jami 14293 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (75), Toshkent shahrida (71) va Andijon viloyatida (62) qayd etildi.
Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin hayotdan ko‘z yumdi. Kun davomida 4, umumiy 67 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylandi.
14 iyul kuni O‘zbekistonda qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 14 mingdan oshdi. Yangi holatlarning 191 tasi aholi orasida qayd etildi.
Prezident topshirig‘i bilan viloyatlarda dori vositalarining uch oylik zaxirasi yaratilishi lozim: “Dori vositalari qimmatlashsa, odamlarimizning noroziligiga olib keladi”. U hokimlarga ertalab va kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning savollariga javob berishni ham topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting