Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Qurbon hayiti kuni va dam olish kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi, aholining «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya qilishi tavsiya etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.
62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.
O‘zbekistonda kun davomida 492 ta koronavirus holati rasman tasdiqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 19360 taga yetdi. 40 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.
Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.
Koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Toshkentdagi shifoxonadan videoyozuv e’lon qildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi.
Koronavirus bemorlari soni 193 nafarga ortib, jami 19179 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida aniqlandi.
Toshkentda 9 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.
Koronavirus bemorlari soni 118 nafarga ortib, jami 18986 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda 23 iyul kuni 489 ta koronavirus holati aniqlanib umumiy ko‘rsatkich 18868 taga yetdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni, SSV statistikasiga ko‘ra, 102 (+4) nafarni tashkil etmoqda.
Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi uchun 12 million so‘mga 50 ta kislorod konsentratorlari sotib olinganligini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Alibaba saytida qurilmalarni uch baravar arzonroq sotib olish mumkinligini payqashdi.
Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar uchun sihatgoh, dam olish maskanlari, sog‘lomlashtirish lagerlari, kollejlar va litseylar yotoqxonalarida qo‘shimcha 12 mingdan ziyod zaxira o‘rni tayyorlanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiyani jilovlashda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari va boshqalarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Prezident koronavirus yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi.
Koronavirus bemorlari soni 172 nafarga ortib, jami 18703 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, epidemiolog va boshqa mutaxassislar ishga olinadi. Ikki haftalik ish faoliyati uchun 10−25 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi.
Koronavirus bemorlari soni 152 nafarga ortib, jami 18531 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
22 iyul kuni O‘zbekistonda 498 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 18379 taga yetdi. Kun davomida rekord darajada — 351 bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting