Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida maxsus ruxsatnomasiz avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanmoqda.
728 ta holatda, shundan 102 tasi dorixonalarda, 2 mlrd so‘mlik mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgani aniqlanib, aybdor shaxslarga keskin choralar ko‘rildi — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Karantin tadbirlari e’lon qilingandan buyon, O‘zbekistonda 7157 ta karantin qoidalarini buzish holatlari qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning aksariyati tibbiy niqob taqmaganlik bilan bog‘liq. 20 ta holatda esa marosim va yig‘inlar o‘tkazilgan.
SSV O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemorning 39 yoshli erkak ekani, u virusni Parijdan qaytgan birinchi bemordan yuqtirganini ma’lum qildi.
Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekistonga niqoblar, kombinzonlar, qo‘lqop va boshqa himoya vositalaridan iborat 8 tonnalik insonparvarlik yuklari yubordi.
Toshkent viloyatida konteynerlardan qurilgan 10 ming kishilik karantin markaziga xorijdan charter reyslarda olib kelingan 650 fuqaro joylashtirildi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishiga ko‘payib, 104 nafarga yetdi. Bir erkak bemorda o‘lim holati qayd etildi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5 nafarga oshib, 88 kishiga yetdi.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Boris Jonsonning koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy bo‘lib chiqdi. Endi u karantindan turib hukumatni boshqaradi.
O‘zbekistonda zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqish, shuningdek, ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi.
99 foiz pensiya mablag‘lari sterillangan naqd pul shaklida aholi uylariga yetkazilmoqda. Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida pensionerlarni plastik kartalar bilan ta’minlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 35 nafari erkak, 48 nafari ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasidagi fatvoni e’lon qildi.
Respublika bo‘yicha jami 3649 ta karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi. Ularning 3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bog‘liq.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmayotgani haqida xabarlarni rad etib, barcha talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda to‘liq to‘lab borilishini ma’lum qildi.
27 martdan viloyatlar o‘rtasidagi barcha turdagi transport turlari harakati to‘xtatildi. Yuk tashuvlari bundan mustasno.
27 mart soat 12:00dan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga Navoiy viloyatining barcha hududlaridan transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ushbu hududlarda avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.
27 martdan boshlab Buxoro shahriga transportda kirish va chiqish to‘xtatildi. Shaharga kirishda cheklovlar tatbiq etilmaydigan holatlarda belgilangan to‘rtta karantin postlaridan kirish mumkin bo‘ladi.
AQSH tasdiqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha Xitoy va Italiyani ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqdi. Prezident Donald Tramp buni ommaviy tekshiruv o‘tkazilgani bilan bog‘ladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8taga oshib, 83 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting