Koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 72 yoshli namanganlik ayol o‘tkir miokard infarktidan vafot etdi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 75 taga yetdi.
Prezident 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilishni topshirdi. Tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga yetkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir bor xalqqa murojaat qildi. «Koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak», — dedi u.
Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi. Ushbu jarayon davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodimlarga 100 mln so‘m, salomatligi tiklanmagan xodimlarga 250 mln so‘m bir marotabali to‘lov to‘lanadi.
Xususiy shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga vaqtincha ruxsat berildi. Ular ro‘yxati SSV tomonidan tendersiz tuziladi. Kasallarni davolash xarajatlari esa Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
27 mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahriga barcha hududlardan transport vositalarida kirish to‘xtatiladi. Shu kundan boshlab shahar hududida tramvay va avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.
Senat qonunchilikka epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Epidemiya sharoitida yolg‘on xabarlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin qoidalarini buzgani uchun 980 kishiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
27 martdan Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar ikki oy davomida xizmatlardan uzilmaydi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun shifoxonalar qurilishi boshlandi. Ulardan birinchisini 5 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.
Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi.
26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.
Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.
Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Ai-92 markali benzin narxini 200 so‘mga pasaytirdi. Neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishi kutilmoqda
Xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 56 nafarga yetdi.
Hozirda 55 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ular orasida Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari va poytaxtdan bo‘lgan fuqarolar bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting