Dunyoning bir nechta mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ko‘proq fuqarolarni jalb qilish uchun targ‘ibot ishlaridan tashqari, mukofot pullari, sovg‘a kartalari va ta’tillar joriy etilgan. Bundan tashqari, faqatgina vaksina olganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan katta yutuqli lotereyalar tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksina olganlarga taklif qilinayotgan «bonus"lar haqida.
AQShdan O‘zbekistonga 29 iyul kuni koronavirusga qarshi 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Preparat AQSh tomonidan COVAX dasturi doirasida ajratilmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 789 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 7SABER (grafik belgi Otabek Umarov tomonidan yaratilgan) brendi ostidagi ekipirovka va sport kiyimida qatnashmoqda, O‘yinlar ochilish marosimi uchun parad formasini esa Ideal brendi tayyorladi. «Gazeta.uz» forma qay tarzda tanlangani va ishlab chiqaruvchilar haqida ma’lumot to‘pladi.
Karantin tadbirlari boshlangandan beri O‘zbekiston bo‘ylab 1 mln 184 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlangan. Ulardan 1 mlndan ortig‘ida jarima belgilangan. Tibbiy niqob taqmaganlik bo‘yicha 1,1 mlntadan ortiq qoidabuzarlik holatlari qayd etilgan.
Kecha O‘zbekistonda 705 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.
O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishildi. Birinchi bosqichda oyiga 10 mln doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 200 mln dozagacha olib chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Kecha O‘zbekistonda 731 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.
COVID-19 pandemiyasi insoniyatni yuqumli kasalliklarning naqadar xavfli va halokatli avj olishini eslashga majbur qildi. Shunigdek, u bunday holatlarda vaksinalar normal hayotga qaytish uchun yagona umid ekanligini ham eslatmoqda. Dunyo tarixida eng keng tarqalgan chechak, qizamiq, poliyemiyelit va bezgak kasalliklari va ularga qarshi kurashda vaksinalarning o‘rni haqida.
Hozir pnevmokokkka qarshi emlanish mumkinmi, bu vaksina koronavirusdan himoya qiladimi va nima uchun emlashdan qo‘rqmaslik kerak? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga shifokor-virusolog, Facebook`dagi «Vrachi Tashkenta» guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.
23 iyul kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.
Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab oilaviy va markaziy poliklinikalarda, shuningdek ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.
Koronavirusga qarshi vaksinalar qanday ishlaydi? Antitanachalar va ular bo‘yicha testlar qanday bo‘ladi? Nega ushbu tahlillarni topshirishning foydasi yo‘q? «Gazeta.uz»ning shu va boshqa savollariga virusolog va Facebook`dagi «Vrachi Tashkenta» guruhi asoschisi, PhD Dildora Sekler javob berdi.
22 iyul kuni O‘zbekistonda yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich — 738 kishida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, 462 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
21 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 9 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Chorshanba kuni koronavirus holatlarining rekord darajada o‘sishi qayd etildi — 719 kishi kasallikka chalindi. Qariyb 500 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 bilan og‘riganlarning yana 4 nafari vafot etdi.
20 iyul kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 8 mln 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting