Dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi.
Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.
Toshkentda kovidga chalinishning kunlik holati ko‘payishi ortidan 12 ta tumanda kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanmoqda. SSV bepul PZR-test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillari ro‘yxatini ham e’lon qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.
Shanba kuni O‘zbekistonda 140 ga yaqin (bir kun avval 120 ga yaqin) koronavirus holati aniqlandi. Shundan 56 tasi Toshkentda qayd etilgan.
24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.
Toshkentning barcha tumanlarida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus poliklinikalar qaytadan ish boshlamoqda.
Payshanba kuni yana 94 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Kun davomida 12 ta hududda virus yuqtirib olish holati kuzatilgan, shundan eng ko‘pi Toshkentda — 41 ta. Avvalroq, O‘zbekistonda omikronning eng yuqumli varianti — «Stels-omikron» aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.
O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlandi. SES rahbari COVID-19 bilan kasallanish dinamikasida sezilarsiz o‘sish kuzatilgani, biroq vaksinatsiya va revaksinatsiya jarayonlarini tezlashtirish muhimligini qayd etdi.
Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda 90 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, shuning 74 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida — 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ketma-ket uchinchi kun kovid statistikasida o‘sish kuzatilmoqda.
2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.
11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qiladi. Manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda 22 mart kuni 7 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi. Bu 2020 yil aprel oyidan beri eng past ko‘rsatkich. Yangi bemorlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish borasida kelishuvga erishdi. Bundan buyon sertifikatga ega fuqarolardan mamlakatlar chegarasini kesib o‘tishda PZR-testi natijasi talab etilmaydi. Avvalroq, Tojikiston, Turkiya va Buyuk Britaniya ham O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olgandi.
14 mart kuni respublikaning 11 ta hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu shanba kungidan 47 taga kam (69 ta).
Payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi (70 kishi). Bir kun avval bor-yo‘g‘i 14 kishi virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan edi.
JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting