Chorshanba kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirusni yuqtirib olish holatlari aniqlanmadi. Kun davomida Toshkent shahri, Surxondaryo, Andijon va Navoiyda jami 14 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.
7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Qashqadaryodan tashqari 11 ta hududda jami 106 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 15 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Shanba kuni O‘zbekistonda 125 kishida kovid qayd etildi. Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi, 19 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Juma kuni O‘zbekistonda 138 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi, bu bir kun oldingi (156 ta) holatdan kamroq. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 21 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.
Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 140 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani qayd etdi. Shuningdek, kun davomida 24 kishida pnevmoniya aniqlandi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obyektlar ish vaqtiga nisbatan cheklovlar hamda umumiy ovqatlanish joylari va jamoat transporti harakatlanuvchi tarkibi umumiy sig‘imidagi o‘rinlarni 50 foizgacha qisqartirish talabi bekor qilindi. Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur cheklovlarning bekor qilinishini “odatiy hayot tarziga qaytishning dastlabki qadamlaridan biri” deb atadi.
Maxsus komissiya ish beruvchilar koronavirusga qarshi vaksina va buster doza olgan ishchilari qamrovini kamida 90 foizga yetkazishi kerakligini belgiladi. Vaksina va buster doza olmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.
Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.
Seshanba kuni O‘zbekistonda 138 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Bu 5 yanvardan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda 160 kishida koronavirus qayd etildi. 34 kishi pnevmoniyaga chalindi. Kasallanish oldingi kunga nisbatan kamaygan. Sirdaryoda va Qashqadaryoda virusga chalingan bemor aniqlanmagan.
Juma kuni 191 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu 5 yanvardan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni 3 kishi kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. 42 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 241 nafar fuqaro koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, bu bir kun oldingi holatga qaraganda 55 taga kam (296). Toshkent shahrida ham kunlik holat 100 dan kamaydi. 47 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. 2 nafar bemor vafot etdi, 52 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Dushanba kuni O‘zbekistonda 302 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etgan (oldingi kun 322 ta holat). 57 kishi pnevmoniyaga chalingan (61 kishi). Yana 3 kishi koronavirusdan vafot etdi.
Yakshanba kuni 322 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu shanba kungi ko‘rsatkichga (439 ta) qaraganda 117 taga kam. Qolaversa, shu kuni koviddan 3 kishi vafot etdi, 61 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting