O‘zbekistonda xorijlik fuqarolar uchun vizalarning amal qilish muddati avtomatik ravishda 1 noyabrgacha uzaytirildi.
Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (ayol) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan hayotdan ko‘z yumganlar soni 157 nafarga yetdi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 45 tonna xlor, 200 dona pirometr va shaxsiy himoya vositalari yetkazib berdi. Insonparvarlik yordamining umumiy qiymati 560 ming dollarga teng.
Karantin vaqtida aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirishda ma’muriy usullarga emas, tushuntirish ishlariga urg‘u berish kerak edi, deydi tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov. Uning fikricha, pandemiyaning odamlar hayotidagi psixologik ta’siriga ham kam e’tibor qaratilmoqda. Tibbiy psixolog koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.
O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 275 nafarga ortib, jami 25828 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.
«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.
Qashqadaryo viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga 3 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillashtirish huquqi berildi. Qarshida 27 iyuldan boshlab ma’lum soatlarda transport qatnovi taqiqlangan edi. Endilikda bunga ruxsat beriladi, shuningdek, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar, ovqatlanish korxonalari va boshqalar asta-sekin ochiladi.
Aholi uylarini aylanib chiqish orqali tuzilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga asosan hukumat naqd pul tarqatishni boshladi. Iqtisodchi Botir Qobilov kelajakda ehtiyojmand oilalarni aniqlash va mablag‘larni taqsimlashning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishni taklif qildi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov nega COVID-19dan Toshkentda davolanayotganligi haqidagi savollarga javob berdi. Unga ko‘ra, bu hokimlar ro‘yxatda turadigan prezident Administratsiyasi qoshidagi Tibbiyot bosh boshqarmasining talabi.
2 avgustdan 16 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlardan 24 ta charter reys tashkil etiladi.
31 iyul kuni O‘zbekistonda 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangan edi.
30 iyul kuni O‘zbekistonda 686 kishida koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa, sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi — 743 nafar. Umumiy ko‘rsatkich 23 271 taga yetdi.
O‘zbekistonda a’zolari 1,7 mln nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Buning uchun 380 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yana 150 ming oila 1 mln so‘mdan yordam oladi.
Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.
Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U Toshkentda davolanmoqda.
Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev Toshkentdagi xususiy klinikada davolanmoqda, unga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.
O‘zbekistonda eng kamida 540 nafar tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ikki shifokorning COVID-19 sababli vafot etgani rasman qayd etilgan, deya xabar qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov.
Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 23078 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘istonda, 7 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shu bilan birga, yana ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting