Koronavirus

21 iyun kuni aholi orasidan kimlarning COVID-19 yuqtirganiga aniqlik kiritildi
22 iyun 2020, 16:36

21 iyun kuni aholi orasidan kimlarning COVID-19 yuqtirganiga aniqlik kiritildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 21 iyun kimlar koronavirus yuqtirib olganiga qisman aniqlik kiritdi. Infeksiya aniqlanganlar orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchuvchisi, “Ipotekabank” xodimi, issiqxona ishchilari va boshqalar bor.

Karantin markazida o‘zini osgan fuqaro bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
22 iyun 2020, 13:35

Karantin markazida o‘zini osgan fuqaro bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

“O‘rtasaroy” karantin markazida osilgan holda topilgan fuqaro o‘zini tajovuzkor tutgani, virus yuqtirib olganini aytib, alohida xonaga olishlarini talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Undan olingan test namunalari koronavirus mavjud emasligini ko‘rsatdi.

Bishkek va Olmaota hokimlarida koronavirus aniqlandi
22 iyun 2020, 13:16

Bishkek va Olmaota hokimlarida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalov va Bishkek hokimi Aziz Surakmatovning koronavirus uchun topshirgan testlari natijalari ijobiy chiqdi.

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
22 iyun 2020, 11:38

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.

Denovda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim haqida ma’lumot berilib, keyin xabar o‘chirildi
22 iyun 2020, 10:03

Denovda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim haqida ma’lumot berilib, keyin xabar o‘chirildi

Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi tumanda bir kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini va marhum bilan muloqotda bo‘lgan 187 nafar fuqaro karantinga olinganini, ulardan 6 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Biroq, bir ozdan so‘ng xabar o‘chirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot xizmati bu holatni tasdiqlamadi.

Koronavirus bemorlari soni 6358 nafarga yetdi
22 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 6358 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 6358 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining barchasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Koronavirus bemorlari soni 6272 nafarga yetdi
21 iyun 2020, 18:34

Koronavirus bemorlari soni 6272 nafarga yetdi

Koronavirus holatlari 56 taga ko‘payib, jami 6272 nafarga yetdi. Kun davomida mamlakatda 119 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Koronavirus bemorlari soni 6200 nafardan oshdi
21 iyun 2020, 12:18

Koronavirus bemorlari soni 6200 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 63 taga ortib, jami 6216 nafarni tashkil etmoqda. Aniqlangan aksariyat holatlar Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlandi.

Kun davomida 207 ta koronavirus holati aniqlandi
20 iyun 2020, 23:42

Kun davomida 207 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 207 ta koronavirus holati qayd etilib, jami holatlar 6153 taga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni 6100 nafardan oshdi
20 iyun 2020, 17:23

Koronavirus bemorlari soni 6100 nafardan oshdi

Koronavirus holatlari 94 taga ko‘payib, jami 6119 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolgan 25 nafari aholi orasida va bemor bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlandi. Kun davomida mamlakatda 173 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

O‘zbekiston hududida koronavirusga chalingan chet ellik sayyohlarga 3000 dollar to‘lanadi
20 iyun 2020, 15:55

O‘zbekiston hududida koronavirusga chalingan chet ellik sayyohlarga 3000 dollar to‘lanadi

O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, ularga 3000 dollar tovon puli to‘lab beriladi.

Galereyali San’atzor. Nima uchun InkUZart Chilonzor ko‘chalarini strit-art bilan o‘zgartirmoqda?
20 iyun 2020, 15:36

Galereyali San’atzor. Nima uchun InkUZart Chilonzor ko‘chalarini strit-art bilan o‘zgartirmoqda?

Strit-art O‘zbekistonda hech qachon mustaqil va mustahkam o‘rnashgan yo‘nalish sifatida mavjud bo‘lmagan. O‘zini-o‘zi yakkalash, himoya niqoblari rejimi va iqtisodiy inqiroz bilan birga, koronavirus uning birinchi alomatlarini bizga bildirdi. Yangi hodisa hozircha Toshkentning Chilonzor tumanida o‘zbek graffiti rassomi InkUZart qiyofasida mahalliylashtirilgan. Uni allaqachon yaxshi ko‘rib qolishga va mahalliy Benksi deb atashga ulgurishdi. Sirli tibbiy niqob ortida kim yashirinmoqda, nega u devorlarga chizadi va nima haqida orzu qiladi — Sabina Bakayeva reportajida.

Koronavirus bemorlari soni 6 ming nafardan oshdi
20 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 6 ming nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 79 nafarga ortib, jami 6025 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Kun davomida 179 ta koronavirus holati aniqlandi
19 iyun 2020, 23:36

Kun davomida 179 ta koronavirus holati aniqlandi

Kun davomida 179 ta koronavirus holati aniqlandi. Infeksiyaga chalinganlarning 29 nafarini aholi vakillari, 4 nafarini esa xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar tashkil etmoqda.

26 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlandi (jami — 5946)
19 iyun 2020, 23:09

26 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlandi (jami — 5946)

O‘zbekistonda 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 5946 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining 18 tasi xorijdan kelgan fuqarolarda qayd etildi.

Koronavirus holatlari soni 5920 taga yetdi (+65)
19 iyun 2020, 17:08

Koronavirus holatlari soni 5920 taga yetdi (+65)

O‘zbekistonda yana 65 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 5920 taga yetdi. Yangi holatlar Toshkent shahri, Xorazm, Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlari qayd etildi.

Tug‘ilgan kun nishonlanishi sabab 13 kishi koronavirusga chalindi
19 iyun 2020, 16:42

Tug‘ilgan kun nishonlanishi sabab 13 kishi koronavirusga chalindi

Koronavirus aniqlangan poytaxtlik fuqaroning tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida ishtirok etgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshlariga koronavirus yuqqani ma’lum bo‘ldi.

Koronavirus bemorlari soni 5855 nafarga yetdi
19 iyun 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 5855 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 88 nafarga ortib, jami 5855 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 61 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi
18 iyun 2020, 23:34

COVID-19 bo‘yicha kunlik o‘sish 85 tani tashkil etdi

O‘zbekistonda kun davomida 85 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5767 taga yetdi

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi
18 iyun 2020, 18:43

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting