Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga ortib, jami 1469 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda karantin va kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytiriladi.
Yana 9 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Sog‘aygan bemorlardan biri chiroqchilik 83 yoshli ayol bo‘lib, uning ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, samarali davolash muolajalari tufayli butkul sog‘aygan. Bir kunda mamlakatda 38 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami 194 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun litsenziya varaqalari berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish uchun litsenziyalangan taksilar deyarli 12 mingtaga yetgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 14 nafari sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 185 kishiga yetdi.
«O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un narxi 125 ming so‘m qilib belgilandi.
Xorijdagi 73 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ulardan 42 nafari Rossiyada, 11 nafari AQSHda bo‘lsa, Gretsiya va Qozog‘istonda 6 nafar o‘zbekistonlikda virus aniqlangan.
Yana 3 nafar koronavirus bemori tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 171 kishiga yetdi.
Rossiyada ishlash uchun patentlarning amal qilish muddati avtomatik tarzda 15 iyungacha uzaytirildi. Ushbu tartib vaqtincha ro‘yxatda turish, chet el fuqarolarining vizalariga ham tegishli. Ish beruvchilar patentga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolarni ishchilar sifatida jalb qilish va ulardan foydalanish huquqiga egalar.
Buxoroda 5 nafar, Farg‘onada 4 nafar va Xorazmda 3 nafar koronavirus bemorlari to‘liq tuzaldi. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 168 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 45 taga oshib, jami 1450 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1405 tani tashkil etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish vazifasi qo‘yildi. «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasining ma’lum qilishicha, apparatlar Zangiota tumanida yangi qurilayotgan shifoxonada o‘rnatilishi kutilmoqda.
Toshkent IIBB koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday bemorlar soni jami 42 nafar bo‘lgan, juma kuni ertalabga kelib esa 19 nafarni tashkil etgan. Oldinroq Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatov poytaxtda 48 nafar koronavirus bemori qanday qilib virusni yuqtirganligi noma’lum ekanligini aytgan edi.
Qoraqalpog‘istonda 3 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda bir kunda 27 nafar bemor tuzalib, jami sog‘aygan bemorlar soni 156 kishiga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 153 nafarga yetdi. Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan yana 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida yana 6 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Koronavirusdan tuzalgan fuqarolar soni 146 kishiga yetdi.
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida pensiyalar may oyidan to‘liq bank kartalari orqali to‘lanadi. I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan (yotoqdagi) fuqarolarga ularning pensiyasi naqdlashtirilib yashash manzili bo‘yicha o‘z vaqtida yetkazib beriladi.
Toshkent shahrida qayd etilgan 48 nafar koronavirus bemorining kasallikni qayerdan yuqtirib olgani noma’lum. Bemorlarning 20 nafari maktab o‘quvchilari, 10 nafari 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.
Bir guruh tibbiyot xodimi va ekspertlar COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Xitoydan O‘zbekistonga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting