Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sababli COVID-19 ga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori qayta ko‘rib chiqildi va ko‘zda tutilgan 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga yetkazildi. Qo‘shimcha mablag‘lar respublika budjetidan ajratib kelinmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. Bundan tashqari, aholi «Sputnik V» (274 mingdan ortiq kishi), AstraZeneca (1,448 mln), Moderna (1,371 mln), Pfizer (1 mln) va Sinovac (1030 kishi) vaksinalari bilan turli bosqichlarda emlandi.
O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Namangan va Andijon hududularida.
AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.
1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.
Senat koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratishni ma’qulladi, biroq ushbu mablag‘ning 800 mlrd so‘mi allaqachon sarflab bo‘lingan. Bu senatorlar va prezident davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlaguncha sodir bo‘ldi. Mazkur holatni budjet qonunchiligi prezident va hukumat qarorlari doirasida jami budjet xarajatlarining ko‘pi bilan 3 foizidan foydalanishga imkon beradi, deya tushuntirdi Moliya vazirligi.
O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
O‘zbekiston prezidenti va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyat, vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markaz qurish va boshqa masalalarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev koronavirusning kelib chiqishi haqidagi masalani siyosiylashtirishga qarshi chiqdi, deya xabar qildi «Sinxua».
O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.
Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.
Saylov uchastkalarida pirometriya davomida 53 kishida tana haroratining ko‘tarilishi aniqlandi, deya xabar qildi SES rahbari Bahodir Yusupaliyev. Ushbu saylovchilar alohida xonaga ajratildi, ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi va bir vaqtning o‘zida yashirin ovoz berishlari tashkil etildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.
2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
21 oktabr kuni O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 912 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 34 mln dozadan oshdi.
Rossiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlaynmaydigan kunlar deb e’lon qilindi. Vaziyat «og‘ir» hududlarda ushbu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin.
20 oktabr kuni O‘zbekistonga GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.
AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.
Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting